Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldiniolish
Binolarning elektr toki xavfsizligi bo’yichatasnifi
Elektr toki ta’siridan himoyalashtadbirlari
Elektr tok ta’siridan himoyalanishvositalari.
Elektr tokining odam va hayvonlarga ta’siri
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish omillaridan biri uni elektrlashtirishdir.
Ammo ishlab chiqarish jarayonlarni elektrlashtirish hissasi oshgan sari, undan jarohatlanish oqibatlari ham oshib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra qishloq xo’jaligida sodir bo’layotgan
jami baxtsiz hodisalardan elektr toki bilan jarohatlanishlar 0,5-1,0% ni tashkil etib elektr tokidan
jarohatlanish natijasida o’lim bilan tugagani 20-40% ni tashkil etadi.
Elektr tokidan jarohatlanshlarni kelib chiqishi quyidagi hollarda bo’lishi mumkin:
sim yoki tok o’tkazuvchi ochiq qismlariga tegibketishdan;
elektr uzatuvchi qismlarga katta o’lchamli mashinalarning (avtokranlar, don o’rish vapaxta terish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvinatijasida.
ГОСТ 12.1.009-76 da belgilangan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi va vositalar, odamlarni elektr maydon va statik (turg’un) elektr tok zarari va xavfli ta’siridan himoyalanishini ta’minlaydi.
Elektr tokining insonga ta’siri natijasida, u organizmga kimyoviy, issiqlik va biologik ta’sir ko’rsatib, qon tarkibidagi moddalar va boshqa organik suyuqliklarni parchalanishiga, terining ayrim
qismlarini kuyishiga va organizmda og’riq vujudga kelib, hujayralar qo’zg’alib terini qichishi, tomir
tortilishi va mushaklarni qisqarishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari u butun organizmni jarohatlab, asab tizimini, yurak va nafas olish organlarini to’liq yoki qisman falajlashi mumkin. Elektr tokidan jarohatlanish darajasi tokning kuchi, insonning qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, tok yo’li, ta’sir qilish muddati, shuningdek odam organizmining alohida xususiyatlariga bog’liq.
Xavf yuz berishi mumkin bo’lgan tok qiymatlarini quyidagi jadval asosida baholash mumkin.
Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katga ahamiyatga ega. Odam tanasining
elektr tokiga qarshiligi keng 100 000 dan 1000 Om oraliq’ida o’zgaradi va teri qoplamining holatiga, bog’lanishning maydoni va zichligiga, shuningdek o’tayotgan tokning kuchi va chastotasiga va ta’sir qilish muddatiga bog’liqdir. Charchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalari ostida ishlayotganda diqqat-e’tibor boshqa narsaga chalg’iganda organizmning elektr
toki ta’siriga qarshiligi keskin pasayadi. Yuragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og’rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor kishilar elektr
qurilmalarida ishlashga qo’yilmaydi. Shuning uchun elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish uchun
maxsus o’qishdan va tibbiy ko’rikdan o’tganlargagina ruxsat etiladi.
Hayvonlarning organizmiga ham elektr toki, odamlardagi kabi ta’sir qiladi, ya’ni hayvonlar qanchalik og’ir bo’lsa, elektr tokiga qarshiligi shuncha ko’payadi. Tok qiymati 100 mA bo’lganda,
yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Ammo hayvon tanasining qarshiligi, odam tanasining qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va
orqa oyoqyaari orasidagi tana qarshiligi 400-600 Om, hayvon yiqilganda esa 50-100 Om gacha kamayadi.