Xalqaro 6 - xirurglar kongressida berilgan malumotga ko‘ra, dunyoda 10% ga yaqin aholida o‘t tosh kasalligi bilan zararlanishga moyillik bor ekan. Bu kasallikga chalinuvchilarning ko‘pchiligini rivojlangan davlatlar aholisi va katta yoshli ayollar tashkil qiladi.

Faqatgina AQShning o‘zida har yili 1 mln., Rossiyada 200 ming, O‘zbekistonda esa 5 minga yaqin xoletsistektomiya bajariladi.
O‘t tosh kasalligini davolashga qilinadigan sarf harajatlar Fransiyada yiliga 800 mln. yevroni tashkil qiladi.
O‘t toshlarini birinchi marta qadimgi mashxur olim Galen (Cl. Galenus) autopsiya qilish vaqtida aniqlagan. 1341 y. Gentile da Foligno esa Padueda ayol murda tanasini balzamlash paytida o‘t qopi bo‘yinchasida yashil tosh borligini aniqlagan. XV asrning ikkinchi yarmida mashxur Florensiyalik shifokor uzoq vaqtlardan beri jigar sanchig‘i xuruji bilan og‘rigan ayol murdasini autopsiya qilish vaqtida, o‘t qopida yong‘oq o‘lchamidek qora tosh borligini aniqlagan.

Abu Ali Ibn Sino – o‘t tosh kasalligini boylar kasalligi deb nomlagan
1882 C. Langenbuch dunyoda birinchi xoletsistektomiyani bajargan.
Rossiya birinchi xoletsistektomiya 1889 y. Yu.F.Kosinskiy tomonidan bajarilgan.
O‘zbekistonda birinchi laparoskopik xoletsistektomiya 1994 yil fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi klinik bazasida bajarilgan.
1. Fizik va ximik jarayon (litogen o‘t suyuqligi) bosqichi - klinik manzara yo‘q.
2. Latent (belgisiz) kechim - o‘t pufagidagi tosh bezovta qilmaydi, ular boshqa sabablarga ko‘ra tekshiruvlarda topiladi.
3. Yaqqol namoyon bo‘lgan klinik manzara. O‘tkir xoletsistit, xoledoxolitiaz, Fater so‘rg‘ichi stenozi, mexanik sariqlik, o‘tkir xolangit, o‘tkir pankreatit va boshqalar rivojlanishi.