kasbiy psixologiya fanining predmeti qollanish sohalari va asosiy
4 - Savol. Kasbiy psixologiya fanining kelajagi va hozirgi zamon talablari. K asb psixologiyasi fani haqida so‘z ketganda shuni ta’kidlash kerakki bu fanning kelajagi hali oldinda. Chunki jamiyat yashar ekan unda kasblarga bo‘lgan zaruriyati mavjud ekan, bu kasblarni tanlash, yo‘l – yo‘riq berish zaruriy jarayon bo‘lib qolaveradi. Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘ladi va ularni o‘rganishga ehtiyojlar ham zaruriy jarayonlar bo‘lib qoladi. SHarq allomalaridan biri bo‘lgan Nizomiy Ganjaviy shunday jumlalarni yozgan edi:
O‘qib o‘rganilgan har bitta hunar, Hunarmandga bir kun foyda keltirar!
Hunaringdan bir kun etarsan baxtga,
Hunarsiz kim etar toj ila taxtga? !4 Insonni baxtga olib keluvchi, uning yashashini yaxshilovchi – uning kasbi, ortirgan xunari ekanligini Sharqning buyuuk faylasuf olimi Farobiy ham o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan edi. “Juz’iy narsalar eng etuk baxtga- saodatga olib boruvchi fazilatli san’at (kasb - xunar) lardir.”5 Bu fikrlarning o‘zi ham insoni kasb – hunar ortirishi uning eng asosiy burchi ekanligini ko‘rsatadi. Lekin kasbga qiziqmaydigan, takasaltang, ish yoqmas yoshlar ham yo‘q emas. Ularning jamiyatga, oilasiga foydasidan ko‘ra ziyoni kattadir.
Hozirda O‘zbekistonda ham yoshlarni ta’lim va kasb bilan ta’minlash masalasi dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. O‘z kasbini egallay olmagan ko‘plab yoshlarni xunarli qilish, ulardan jamiyatga keladigan foydalarni ta’minlash, ota – ona, mahalla, jamiyat oldida turgan katta masalalardan biri hisoblanadi. Kasbga qiziqish, undan manfaat topish insonning o‘ziga, qolaversa ota – onasiga, jamiyatga kerakligini anglash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bular esa yoshlar oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘yadi:
O‘zi uchun foydali bo‘lgan kasbni to‘g‘ri tanlab olishni;
Bu kasbni yaxshi egallashni va o‘z kasbni ustasi bo‘lib etishishni;
Kasbi haqida ko‘plab bilimlarni egallashni;
Kasbiga ijodiy yondosha olishni;
Mehnatsevar, o‘z ishini o‘zi tashkil qila oluvchi, kasbiga xos ahloqni egallashi;
O‘zining shogirdlarini yaratishga intilishi;
Jamiyatga va ota – onasiga yaxshi nomlar bilan maqtov olib kelishi;
Kelajakda nafaqaga chiqishga ehtiyojlar paydo bo‘lganda uning ishlarini davom ettiruvchi shogirdlarni yaratishi va o‘z maktabini qoldirishi;
Kasbini o‘ziga xizmat qiluvchi va kelajagini ta’minlovchi xunar sifatida shakllantirishi;
Bu kabi talablar yoshlarga ko‘pgina imkoniyatni yaratib beradi. Kasbga bo‘lgan ehtiyoj yoshlarni oldiga qo‘yadigan talablar bilan uzviy bog‘liqdir. YOshlar o‘zlariga yoqqan kasblarni tanlaganlardagina unga qiziqadilar va unda o‘zlariga foyda ko‘radilar.
Kasb psixologiyasi ham aynan shunday talablardan kelib chiqqan holda rivoj topib boradi. Kasb psixologiyasining kelajagi bu jamiyatdagi ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘langandir. Bu eng avvalo quyidagilar bilan bog‘liq:
· Jamiyat taraqqiyoti bilan
· Aholini o‘sib borishi bilan
· Talab va ehtiyojlar bilan
· Yoshlarni kasb tanlashlari bilan
· Fan va texnikani taraqqiyoti bilan
· Yoshlarni bilim darajasi bilan
· Yoshlarda jamiyatga foyda keltirishni anglashlari bilan
· Yoshlarni o‘z hayotlarini farovonlashtirishga intilishlari bilan
· Katta avlod va yosh avlod o‘rtasidagi ustoz – shogird munosabatlari bilan
· Jamiyatni yoshlarga beradigan e’tibori bilan
· Yangi faoliyat turlarini paydo bo‘lishi bilan
· Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish bilan
· Jamiyatga ehtiyoj sifatida paydo bo‘layotgan yangi kasblarni shakllanishi bilan va sh.k.
Kasb psixologiyasi bu kasblar bo‘lar ekan ularni yoshlarga etkazib beradigan asosiy psixologik fan sifatida rivojlanib boradi.