mm, binodan tashqarida bo’lsa —6 mm bo'lishi, to 'g ‘ri burchakli yerlagich bino ichiga o'rnatiladigan bo'lsa, uning ko'ndalang kesimi 25 mm2 va qalinligi 2 mm, binodan tashqarida bo'Isa, ko'ndalang kesimi 48 mm2 vaqalinligi 4 mm bo'lishi shart.
Bino ichidagi yerlagichlarni bir-biriga ulaydigan alyuminiy simning ko'ndalang kesimi: sim izolyatsiyasiz (ochiq) bo'lganda — 6 mm2, izolyatsiyalangan bo'lganda2,5 mm2; mis simning ko'ndalang kesimi: izolyatsiyasiz bo'lganda 4 mm2, izolyatsiyalangan bo'lganda 1,5mm2. Elektr ustanovkalarning tok utib turgan ochiq metall qismlarini (masalan, bino polidagi elektr transformatordan chiqqan simlar, elektr stansiyadagi boshqarish shchitining orqa tomoni va hokazo) tok urmasligi uchun alrofini qurshab ko'yish kerak. Kishi tega olmaydigan joylardagina izolyatsiyasiz, ochiq metall similar qo'llaniladi.
Elektr toki urish xavfi bo'lganjoylarga ogoxlantiruvchi plakatlar osib qo'yish kerak.
Elektr montyor ustunga chikishda oyogiga „panja" kiyib olishi, ishga kirishuvdan
oldin uzini ustunga kamar bilan maxkamlashi lozim. Ustunga zanjir belbog‘siz chiqish
taqiqlanadi. Elektr montyor chiqqan ustun tagida turish yaramaydi. QorongMda va yomg‘ir yog‘ib turganda stansiyadan tashqaridagi elektr ustanovkalarda ishlash taqiqlanadi. Momoqaldiroq boshlanishi bilan sim yo'llarida va podstansiyalarda ishlash yaramaydi. Montyorning elektr ustanovkalarda yalang oyoq va bosh-yalang ishlashi qat’iy taqiqlanadi. Yuqori kuchlanishli elektr sim yo'llari tagidan boshqa simlar o'tkazish zarur bo'lganda yuqori kuchlanishli sim yo'llarini, albatta, tok manbaidan ajratish kerak.
Ustunga o'rnatilgan ko'tarma transformator podstansiyasiga chiqish kerak bo'lganda:
a) elektr sim yo'lini tok manbaidan ajratish;
b) taqsimot shkafidagi past kuchlanish rubilnigini tarmoqdan ajratish;
v) qo'lga rezina qo'lqop kiyib yuqori kuchlanish ajratkichlarini maxsus dastali shtanga bilan ajratish;
g) podstansiyadagi yuqori kuchlanishli saqlagichlarni tarmoqdan ajratish va podstansiya uskunalarining tok o'tib turadigan qismlarini yerga yaxshilab ulash zarur.
Transformator podstapsiyasidan yoki ustunga o'rnatilgan ko'tarma transformator podstansiyasidagi transformatorlamy tashqi tomonidan ko'zdan kechirish va maydachuyda kamchiliklarini tuzatish vaqtida yuqori kuchlanishli sim yo'lni tok manbaidan ajratmay, faqat transformator podstansiyaspniig o'zini yuqori va past kuchlanishli sim yo'ldan ajratish kerak.
Elektr sim yo'lni ko'zdan kechirishda uzilgan simlarga va uzilib bir uchi yerda yotgan simlarga tegmaslik kerak. Sim uzilgan bo'lsa, sim yo'lini darhol energiya manbaidan ajratish kerak. Sim yo'l remont qilish maqsadida energiya manbaidan ajratilgandan keyin, viklyuchatel va ajratkichlarga „qo'shilmasin” degan plakat osib qo'yilishi lozim. So'ngra uchchala fazani bir-biriga qo'shib, sim yo'lni ikki joyidan, ya’ni boshidan va bevosita remont qilinadigan joyidan yerga ulash kerak.
Sigir sog‘ilgandan keyin sut sog‘ish ustanovkasi, vakuum — nasos, elektr motorlar
va taqsimlovchi shchit o'rnatilgan xona qulflab qo'yilishi kerak.
Sut sog‘ish ustanovkasini montaj qilishda quyidagilarga rioya qilinadi:
a) nasos bilan elektromotor devorga yaxshiroq o'rnatilib, kishi tegib ketmasligi
uchun yog‘och yoki metall panjaralar bilan o'rab qo'yiladi:
b) elektr motor korpusi yerga ulanadi;
v) rubilnik va saqlagichlar shkafga o ’rnatilib, keyin qulflab qo'yiladi;
g) og‘ilxonaga o'rnatiladigan truba va elektr sim yo'llar orasidagi masofani 10 sm dan kam qilib bo'lmaydi.
Chorvachilik fermalarida neytral tochkasi yer bilan birlashtirilmagan 220/127 v kuchlanishli uch fazali sistema ishlatilishi lozim.
Qoramollarning tokdan shikastlanmasligi uchun elektr uskunalaming tok o'tmaydigan qismlarini yerga ulash va ulami yog‘och panjaralar bilan urab qo'yish kerak.
Birinchi yordam berish. Juda oz bo'lishiga qaramay 5— 10 milliamperli elektr toki kishining asabini qitiqlaydi va talvasaga soladi. 20—30 milliamperli elektr toki kishining muskullarini beixtiyor qisqartiradi va jonsarak qilib qo'yadi. Bu vaqtlarda kishi uz ixtiyori bilan tok o'tib turgan elektr sim yo'lni qo'yib yuborolmaydi. Bunday hollarda dastlab kishini elektr ustanovkaning tok o'tayotgan qismidan ajratib, to k ta’siridan halos qilish kerak. Ammo tok ta’siridagi kishiga birinchi yordam berganda, zarur extiyot choralarini ko'rmay unga tegish hayot uchun xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Elektr uskunasini tok manbaidan tezgina ajratishning iloji bo'lmasa quyidagilar bajarilishi lozim:
a) past kuchlanishli tok urganda — tok ta’siridagi kishini simdan ajratish uchun
quruq latta, arqon, yog‘och yoki o'zidan tok o'tkazmaydigan narsalardan foydalanish
zarur.
Tok ta’siridagi kishini etagi yoki yengidan tortib simdan ajratsaham bo'ladi. Bunda
uning ochiq tanasiga tegib ketmaslik uchun juda extiyot bo' lish kerak.
Tok ta’siridagi kishining oyogi ostiga quruq taxta tashlab uni yerdan uzib va qo'llarini simdan tortib ajratsaham bo'ladi. Bu vaqtda mumkin qadar bir qo'l bilan ish qilish kerak.
Tok ta’siridagi kishiga birinchi yordam berishda qo'Iga rezinka qo'lqop va oyoqqa galosh kiyib dastasi quruq bolta bilan simni uzish yoki maxsus izolyatsiyalangan asbob bilan qirqish ham mumkin;
Uch fazali elektr tarmoqlari izolyatsiyalangan va yerlashgan neytrallarda ishlashi mumkin. Elektr tarmoqlardagi neytralni tanlash uning nominal kuchlanishiga bog‘liq ravishda olinadi. 380 V kuchlanishli 3 qator faza simlar bo'lgan tarmoqlarga 4-simni, ya’ni nulaviy sim joylashtiriladi. Nulavoy sim liniya boshi va oxirini hamda oraliq nuqtalarni yerga tutashtirish vazifasini bajaradi. Shu jumladan 380 V kuchlanishda bevosita yerlangan neytrali tarmoq quriladi.
62-Rasm. 0,38 kV. Xavo tarmog‘ini sxemasi 6,10,20 va 35 kV kuchlanishli tarmoqlarda teskarisi, ya’ni neytral yerdan izolyatsiya qilingan va liniya faqat 3 ta faza simian ga ega bo' ladi
63-Rasm. 6-35 kV.Xavo tarmoqlarini sxemasi 110 kV kuchlanishli tarmoqlar va undan kattalarida 3 ta faza simlari tortilsada, lekin transformotorning neytral qismi yerga tutashtiriladi:
64-Rasm. 110 kV Xavo tarmoqlarini sxemasi elektr uskunalarining normal ishlashini
buzadigan sabab-ulardagi qisqa tutashuvlar.
Qisqa tutashuv deb normal sharoit bo'lmaganda fazalar orasidagi tutashuvi (zamyaniye) yoki bitta va undan ortiq fazalarning yer yoki no'laviy sim bilan tutashib qolishi aytiladi.
Izolyatsiyali neytral tizimlarda fazalardan birining yerga tutashuvi qisqa tutashuv hisoblanmaydi. Lekin bir vaqtning ichida ikkita fazaning yer bilan tutashuvini vujudga keltiradi. Buning natijasida tarmoqdagi tok kuchi birdaniga oshib ketadi.
Qisqa tutashuv sabablari turli xil bulishi mumkin. Birinchidan izolyatsiyaning atmosfera ta ’siri tufayli buzilishi yoki yukori kuchlanishli tarmoqlarda yukori kuchlanishlar ta ’sirida bulishi mumkin. Bu yerda n tashkari mexanik buzilish xolatlarida qisqa tutashuv bo'ladi.
Qisqa tutashuv vaktida katta tok tufayli simlarning kizishi ortib ketib, simlarning izolyatsiyalarini buzilishiga olib keladi.
Yomon xolatlarni kamaytirish uchun, shu xolatlardagi hosil bo'ladigan toklarni aniqlash va qisqa tutashuv tokini hisoblashni bilish kerak.