Me’yoriy xujjatlardan ma’lumki kam yoritilganlik (qorong’ilik) effektini kompensatsiya qilish uchun, bir xil sharoitda, lyuminestsent lampalar uchun cho’g’lanma lampalarga qaraganda yuqoriroq yoritilganlik me’yorini belgilashni talab etiladi. Bu esa yoritilganlik me’yori kichik darajada bo’lganda gaz razryad lampalarini cho’g’lanma lampalarga qaraganda afzal tomonlari bo’lmaydi. lyuminestsent lampalari nurlanishning spektral tarkibi yaxshi bo’lganligi tufayli yetarli yoritilganlik darajalarida ranglarni farqlash cho’g’lanma lampalarga qaraganda to’g’riroq bo’ladi. lyuminestsent lampali yoritish qurilmalariga ketadigan kapital xarajatlar cho’g’lanma lampalarga nisbatan bir necha marta oshiq bo„ladi. lyuminestsent lampalarining ishonchli ishlashi va ularning yorug’lik-texnikaviy ko’rsatkichlarini barqaror bo’lishi, yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi muhit sharoitiga bog’liqdir.
Yoritgichlar orasidagi eng qo’lay nisbiy masofa hamma vaqt ham minimal o’rnatilgan quvvatni kafolatlamaydi. Bu birinchi navbatda cho’g’lanma lampali yoritgichlarga ta’aluqli bo’lib, ularning quvvati oshishi bilan yorug’lik berishi ham ortib boradi. Cho’g’lanma lampalarda minimal o’rnatilgan quvvatni olish uchun nisbiy masofa, eng qo’lay bir tekis yoritish shartidagi kattalikdan bir muncha ortiq bo’lishi kerak. Yoritgichlarni muayyan bir xonada joylashtirayotganda har doim ham kvadrat qirrasiga o’rnatishning imkoni bo’lmaydi. To’g’ri burchakli maydonlarga o’tayotganda (maydon-to’rtta yaqin yoritgichlar bilan chegaralangan yuza) katta tomonning kichigiga nisbati 1,5 dan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.