Elektr yoy po’lat eritish pechlari reja



Yüklə 115,03 Kb.
səhifə1/6
tarix20.06.2023
ölçüsü115,03 Kb.
#133149
  1   2   3   4   5   6
Elektr yoy po’lat eritish pechlari reja


ELEKTR YOY PO’LAT ERITISH PECHLARI
Reja:
1. Elektr yoy pechlarining elektr jihozlari.
2.Elektr yoy pechlarining turlari.
3.Oksidlash davri.
4.Tiklash davri
5. Poʻlat eritish pechlarining ish rejimi.


1. Elektr yoy pechlarining elektr jihozlar
Pech transformatori, drossellar, himoya kommutatsion apparatlardan tashkil topgan. 0,5; 1,5 va 3 t sig‘imli yoyli pechlarning tuzilishi, ta’minot manbasi va sovutish tizimi koʻrsatilgan. (1 - rasm)




1-rasm. 0,5; 1,5; 3 t sig‘imli EYOP turli elektr yoyli pech:
1 - qobiq; 2 –elektrodni ushlab turgich; 3 – quti; 4 – tirgovich; 5 – shipni ko‘tarish va burish mexanizmi; 6 – gidravlik silindr; 7 – ship



Uglerodli shixta asosida pechlarda po‘lat eritish. Bunday texnologiya kichik va o‘rta hajmli (≤40 t) pechlarda, sifatli legirlangan po‘latlarni eritishda qo‘llaniladi. Eritish quyidagi davrlardan tashkil topgan: pechni tayyorlash, shixtalarni yuklash, eritish, oksidlash davri, tiklash davri, po‘latni chiqarish.
Pechlarni tayyorlash. Tayyorlash – bu yemirilganlarni va buzilgan tang futirovkalarni tog‘rilash. Navbatdagi eritma chiqarilgach tagdagi qoldiq metall va shlakdan tozalanadi. Taglikning buzilganlari va chetki sirtlariga magnezitli porshok qoplanadi. Tayyorlashlar davomiyligi 10-15 min oralig’ida bo’ladi.
Eritish. Yuklash ishlari tugatilgach elektrodlar shixtaga tekkunicha tushiriladi va tok ulanadi. Yuqori harorat yoyi ta’sirida shixta elektrodlar ostida eriydi, suyuq metall pastga oqadi, taglikning o‘rta markaziy qismida yig‘ila boshlaydi. Elektrodlar shixtada «quduqlarni» eritib, asta-sekin pastka tusha boshlaydi va eng pastki holatga yetadi. Suyuq metallarning miqdori ortib borishi bilan elektrodlar ko‘tariladi. Bu yoy uzunligini ma’lum bir masofada ushlab turish uchun avtomatik rostlagichlar yordamida erishiladi. Eritish transformatorning maksimal quvvatida olib boriladi.
Erish davrida shixtalardan tashkil topgan oksidlanish sodir bo‘ladi, shlak shakllanadi, qisman shlakdan fosfor va oltingurgutdan tozalanadi. Achishning ulushlari, metall shixtalari kuygan va metall zanglari, kirtilishida kislorodli muhit hisobiga amalga oshadi.
Eritishni tezlashtirish uchun ba’zan gaz kislorodli yondirgichlari qo‘llaniladi, pech devorlari orqali yoki tang qismi orqali ishchi kenglikka kiritiladi, suq metallga kislorod kiritish imkonini beradi. 4-6 m2 kislorod sarflanishida eritish davomiyligi 10-20 minga qisqaradi.
Eritish davrining davomiyligi pech transformatorining quvvati bilan aniqlanadi va 1,1 dan 3,0 soatni tashkil qiladi. Eritish davrida elektr energiyaning sarfi 400-480 kVt.s/t ni tashkil qiladi.

Elektr yoy pechlari ( EYoP ) metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshka jabxalarida kullaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar:



1. Bilvosita ishlovchi EYoP lari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar urtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi va metall urtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi.
2. Bevosita ishlovchi EYoP lari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall urtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
3. Qarshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik kisman yoy razryadida va kisman shixta orqali tok oqib utishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chikadi va pech hajmiga uzatilayotgan issiqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va kisman konveksiya usullarida amalga oshiriladi.
4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuk metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).
5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 115,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin