7.2. Asinxron dvigatelni ishga tusirish xarakteristikalarini hisoblash va qurish. Ishga tushirish diagrammasi dvigatelni tabiiy mexanik xarakteristikasi asosida hisoblanadi va quriladi (7.1.)
Ishga tushirishdagi eng katta momentni hisoblang
M1=0,8Mmax [Hm]
Reostat pog’onalaridan o’tishdagi momentni toping
M2 =1, 3Mн
Dvigatelni reostat ishga tushirish xarakteristikalarini quring
10-rasm: ADni ishga tushirish xarakteristikasi.
Dvigatel rotorini qarshiligini hisoblang: R2H=(Е2H Sн)/ I2н Bunda I2н va E2н katalogdan olinadi
Reostat pog’onalarini qarshiliklarini toping
R1=(eb/ab) R2H ; R2=(de/ab) R2H; R3=(cd/ab) R2H Reostatning umumiy qarshiligini hisoblang: Rp=R1+R2+R3+R4
11-rasm: ADni ishga tushirish va tormozlash qarshiliklarini hisoblash sxemasi.
7.3. Asinxron dvigatelni teskari ulab tormozlash. Asinxron dvigatelni teskari ulab tormozlashda rotor zanjiriga tormozlash qarshiligi ulanadi
Rt = Rtp + Rp Asinxron dvigatelni teskari ulab tormozlashda kritik sirpanish
bu erda, tormozlashdagi boshlangich tezlik.
Tormozlash xarakteristikalari ham Kloss formulasi bo’yicha hisoblanadi
M=2 Mmax/(S/Sk+ Sk/S)
12-rasm: ADni teskari ulab tormozlash xarateristikalari.
Bunda sirpanishga s = 1÷2 oraligidagi qiymatlar beriladi. Tormozlash qarshiligi grafik usul bilan aniqlanadi:
R2 = ab
Rt = (bc/ab) R2 Rtp = Rt - Rp 7.4. Asinxron dvigatelni elektrodinamik tormozlash. Bu usul bilan tormozlashda dvigatel tarmoqdan uzilib uning statoriga o’zgarmas kuchlanish beriladi, rotoriga esa qo’shimcha tormozlovchi qarshilik ulanadi. O’zgarmas tok I_ statorda I1H o’zgaruchan tok hosil qiladigan EYKni hosil qiladi.
k I_= I1H bu erda, k- stator chulg’amlarini ulanish sxemasini hisobga oluvchi koeffitsient:k= 0,82 yulduz shaklida, k= 1,23 uchburchak shaklida.
O’zgarmas tok kuchlanishi: U_= kI1H R1 Ekvivalent o’zgaruvchan tok; Ie = I_/k
Dinamik tormozlashdagi kritik sirpanish quyidagicha hisoblanadi
Dinamik tormozlashdagi mexanik xarakteristikalar ham Kloss tenglamasi yordamida hisoblanadi
M=2 Mmax/(S/Skd+ Skd/S);
13-rasm: ADni dinamik tormozlash sxemasi va xarateristikalari.