f=e1*e2/r2
Aktivlik tushunchasi bilan “aktivlik koeffitsienti” (f) tushunchasi bog‘liqdir. Aktivlik koeffitsientini fanga birinchi marta daniyalik olim N.Berrum kiritdi. Aktivlik koeffitsienti ionlarninig harakatchanligini kamaytiruvchi va ularning kimyoviy aktivligini susaytirishga sababchi bo‘ladigan eritmada yuz beradigan hodisalarni ifodalovchi kattalikdir. Aktivlik koeffitsienti ion aktivligining uning haqiqiy molyar konsentratsiyasiga nisbati bilan ifodalanadi:
ƒ=a/c
Aktivlik koeffitsienti elektrostatik kuchlarni ionning kimyoviy harakat qobiliyatiga ta’sirini ifodalaydi. Aktivlik koeffitsienti ƒ<1 bo‘lsa, ionning eritmadagi harakati sekinlashganini bildiradi; ƒ=1 bo‘lsa, ion eritmada o‘z haqiqiy molyar konsentratsiyasiga mutanosib
holda ta’sirlasha oladi.
Ionlarning aktivlik koeffitsienti faqat kuchli elektrolitning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmay, shuningdek eritmada ishtirok etuvchi hamma boshqa ionlar konsentratsiyasiga ham bog‘liqdir. Eritmadagi barcha ionlar o‘rtasidagi elektrostatik o‘zaro ta’sirning o‘lchovi hisoblangan eritmaning elektr maydoni kattaligi eritmaninig ion kuchi deb nomlash qabul qilingan. Eritma ion kuchi 1921 yil G.N.Lyuis va M.Rendel tomonlaridan taklif qilingan formula bo‘yicha hisoblanadi:
bu yerda, C1, C2, C3, Cn – eritmadagi ayrim ionlarning molyar konsentratsiyalari:
Z 12, Z22, Z32, Zn2 – kvadratda olingan ionlarning zaryadi.
Eritmaning ion kuchi ionlar konsentratsiyalarini ular zaryadlari kvadratiga ko‘paytmalari yig‘indisining yarmiga tengdir.
Misol. 1 litrda 0,005 mol mis(II)-nitrat Cu(NO3)2 va 0,001 mol alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 saqlovchi eritmaning ion kuchini hisoblang.
Yechish: Cu(NO3)2↔Cu2++2NO3- ;
Al2(SO4) ↔ 2Al3++3SO4-
1>
Dostları ilə paylaş: |