Elеktrolit eritmalari nazariyasi va massalar ta'siriy



Yüklə 229,5 Kb.
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü229,5 Kb.
#42524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Suvning Ion ko`paytmasi

KCl ning 18 0C dagi dissotsilanishi

 


Konsentratsiya, c mol/l

2

1

0,5

0,1

0,01

Ionlanish darajasi 

0,712

0,756

0,788

0,862

0,942

Ionlanish konstantasi K

3,52

2,34

1,46

0,538

0,153

Boshqa kuchli elektrolitlarda ham har xil konsentratsiyalarda K ning qiymati doimiy bo’lmaydi. Kuchli elektrolitlarning kuchsiz elektrolitlardan farqi shuki, kuchli elektrolitlarning dissotsilanish konstantasi bo’lmaydi.

Kuchli elektrolitlar eritmasining massalar ta’siri qonuniga bo’ysunmasligi, Arreniusning klassik nazariyasiga tamomila zid ekanligining sababini ko’p vaqtgacha izohlab berish mumkin bo’lmadi. 1923 yilda Debay va Gyukkel tomonidan fanga kiritilgan kuchli elektrolitlar nazariyasi bu elektrolitlarning tabiatini tushuntirib berdi. Kuchli elektrolitlar nazariyasi ionlar o’rtasidagi elektrostatik o’zaro ta’sir kuchini hisobga oladi. Kuchsiz elektrolitlar uchun har xil zaryadlangan ionlar o’rtasidagi elektrostatik kuchlar ta’siri hisobga olinmaydi. Bunga sabab, eritmadagi ionlar konsentratsiyasi kichik va ionlar bir-biridan uzoqroq masofada bo’ladi.

Kuchli elektrolitlar uchun ionlarning konsentratsiyasi yuqori bo’lishi va ionlar orasidagi masofa qisqa bo’lishi xosdir. Shu tufayli kuchli elektrolitlar eritmasida ionlar o’rtasidagi tortilish va itarish kuchlari sezilarli bo’ladi, kuchli elektrolitlarning dissotsilanishi massalar ta’siri qonunidan chetlashadi.

Ionlar zaryadga ega bo’lganligi uchun, har bir ion qarama-qarshi zaryadli ionlarni tortadi va bir xil zaryadli ionlarni itaradi. Kulon qonuni bo’yicha ikki elektrik zaryadlangan zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchi (f) ionlar zaryadlari (e) qiymatlari ko’paytmasiga to’g‘ri proporsional va ionlar markazlari orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir.




Yüklə 229,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin