a*Ca*C a2*C a2*C K= ---------------= ----------; K=-----------. ( 1 - a)*C 1 - a 1 - a Bu tenglama Ostvaldning suyultirish qonunini ifodalovchi tenglama deyiladi. a qanchalik katta bo’lsa K ning qiymati ham shuncha yuqori bo’ladi.
Juda kuchsiz elektrolitlar uchun 1 - a = 1 bo’lsa, K= a2*C qiymatga teng bo’ladi. ___ a= ЦK/C; Agar konsentratsiya 100 marta kamaysa, dissotsialanish darajasi 10 marta ortadi.
Eruvchanlik ko’paytmasiQiyin eriydigan moddalarning (CaSO4, AgCl, BaSO4 va boshqalar) to’yingan eritmasida cho’kma bilan erigan modda ionlari o’rtasida muvozanat qaror topadi.
Masalan, 25oS da CaSO4 eritmasida:
CaSO4 (q) = Ca2 (s) SO4 2-(s) [Ca2 ]* [ SO4 2-] K= ------------------------ [CaSO4] Kasrning maxrajidagi K* [CaSO4]= K1 o’zgarmas qiymat bo’lib uni eruvchanlik ko’paytmasi (EK) deyiladi.
Ayni haroratda qiyin eriydigan moddalarning to’yingan eritmasida ionlar konsentratsiyalari ko’paytmasi o’zgarmas son bo’lib shu moddaning eruvchanlik ko’paytmasi deyiladi. EK- haroratga bog’liq bo’lgan kattalik.
EK= [Ca2 ] *[SO42-]= 2,25*10-4 Juda ko’p moddalar uchun EK qiymati berilgan ( 15- jadval) va u moddalarning eruvchanligini hisoblashlarda ishlatiladi. Quyidagi jadvalga ko’ra eng yomon eriydigan birikma HgS deyish mumkin.
Qator farmatsevtik preparatlar tahlilida cho’ktirish usuli keng qo’llaniladi, bu usul yomon eriydigan moddalarning eruvchanligiga asoslangan. Klinik tahlilda ham peshob tarkibini aniqlashda, oshqozon shirasi tekshirilganda, qon tarkibi va sanitariya- gigiyna tekshiruvlarida cho’ktirish usuli keng ko’lamda ishlatiladi. 15- jadval. 25oS da ba’zi qiyin eruvchan tuzlarning eruvchanlik ko’paytmasi
Moddalarning suvdagi eruvchanligi va uning toksik ta’siri orasida bog’liqlik bor. Agar organizmga Al3 kiritilsa erimaydigan fosfatlar hosil bo’lishi hisobiga raxit paydo bo’ladi.