Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi


FeCl3 H2O«FeOHCl2 HCl Fe3 3Cl- H2O « FeOH2 2Cl- H Cl- Fe3 H2O « FeOH2 H



Yüklə 72,93 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü72,93 Kb.
#181756
1   2   3   4   5   6   7
ELEKTROLITIK DISSOTSILANISH NAZARIYASI. ARRENIUSNING TA\'RIFI. BRYONSTED-LAURI TA\'RIFI. LYUIS TA\'RIFI.

FeCl3 H2O«FeOHCl2 HCl Fe3 3Cl- H2O « FeOH2 2Cl- H Cl- Fe3 H2O « FeOH2 H Muvozanatni o’ngga siljitish uchun suyultirish yoki H ionlarini bog’lash , yani ishqor qo’shish kerak. Muvozanatni chapga surulishi uchun esa eritmadagi H ionlarini ko’paytirish talab etiladi.
Neytrallanish reaksiyalari laboratoriyalarda oshqozon shirasi kislotaligini aniqlashda, xlorid, sulfat, borat kislota kabi anorganik kislotalarni aniqlashda, sirka, benzoy, limon, salitsilga o’xshash organik kislotalarining miqdoriy aniqlash uchun ishlatiladi.
Suvning ion ko’paytmasi Suv ham kuchsiz elektrolitlarga kiradi. Suv molekulasi oz bo’lsada ionlarga dissotsilanadi:
H2O « H OH-
Suv uchun dissotsiyalanish konstantasining qiymati yozilsa:
[H ]*[OH-]
Kd= -------------- = 1,8*10-16 (200S da)
[ H2O]
Agar shu qiymat asosida [H ]*[OH-] ko’paytma topilsa, u suvning ion ko’paytmasi deyiladi.
Kw= [H ]*[OH-]= Kd*[H2O]= 1,8*10-16*1000/18= 1*10-14 Kw – suvning ion ko’paytmasi ; Kd= 1,8*10-16 Agar eritmada vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasi teng [H ] =[OH-] bo’lsa muhit neytral hisoblanadi. Bunda [H ]= [OH-] = 10-7 mol/l ga teng bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa vodorod ionlari konsentratsiyasi gidroksil ionlari konsentratsiyasidan dan katta bo’lib [H ] > 10-7 bo’ladi.
Agar muhit ishqoriy bo’lsa vodorod ionlari konsentratsiyasi gidroksil ionlari konsentratsiyasidan kichik bo’lib, [H ] < 10-7 bo’ladi.
Lekin vodorod ionlari konsentratsiyasi orqali hisoblashlarda juda kichik sonlar ishlatilgani uchun bunday hisoblar anchagina qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Hisoblashlarni osonlashtirish uchun vodorod ko’rsatkich yoki pH qabul qilingan.
Vodorod ko’rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan o’nli logarifmi tushuniladi. pH = - lg [H ] Shunga o’xshash pOH= - lg [OH-] Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng.
Hisoblashlarga ko’ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o’zgaradi.
Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi. [H ]*[OH-]= 10-14 qiymat logarifmlansa , unda pH pOH = 14 ga teng.
Oxirgi tenglama pH ma’lum bo’lsa pOH ni yoki teskarisini topishga imkon beradi.



Yüklə 72,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin