Elektromexanik tizim elementlari to’G’risida tushuncha reja



Yüklə 21,96 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü21,96 Kb.
#41438
  1   2   3
ELEKTROMEXANIK TIZIM ELEMENTLARI TO


ELEKTROMEXANIK TIZIM ELEMENTLARI TO’G’RISIDA TUSHUNChA

Reja:

  • Elektromexanik tizim elementlari haqida umumiy ma’lumotlar.

2. Ishchi elementlar.

3. Boshqaruv elementlari.


«EMT ning elementlari» atamasini qo‘llaganimizda, elektromexanik tizim tarkibiga kiruvchi boshqaruv tizimlar va ma’lum boshqaruv vazifalarini bajaruvchi konstruktiv yoki texnik qurilmalar tushuniladi. EMT har bir elementi bu matematik andoza yoki zveno bo‘lmay, balki konstruktiv jihatdan tugal texnik qurilmadir. Elementlarning ichki tuzilishi, ishlash asoslari, ichki jarayonlarning kechishi va qurilmalarning texnik jihatdan murakkablik darajasi xilma – xil bo‘lishi mumkin. EMT ning tarkibiga kiruvchi elementlar o‘zining bajaradigan vazifalari va tizimdagi tutgan o‘rniga qarab bir necha turga bo‘linadi.
EMT ning elementlari energetik xolati nuqtai nazaridan qaraganda ishchi va boshqaruv elementlarga bo‘linadi.
Ishchi elementlardan o‘tayotgan asosiy elektr energiya oqimi, mexanik energiyaga aylantirilib, ishchi organ - IO ga uzatiladi, bu qismlar EMT ning energetika qismi, deb ham yuritiladi

Elektromexanik tizimning ishchi elementlariga – motor M, boshqariluvchi o‘zgartgich BO’ va ishchi organ – IO bilan M ni bog‘lovchi kinematik zanjir KZ lar kiradi.

Boshqariluvchi o‘zgartkichlar vazifaviy xususiyatlariga qarab uch toifaga bo‘linadi:

*kuchlanish o‘zgartkichlari (kuchlanish manbalari),



*tok o‘zgartkichlari (tok manbalari) va
*chastota o‘zgartkichlari.

Energiyani o‘zgartirish vositalariga qarab o‘zgartkichlar *elektromexanik (o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok generatorlari), *elektromagnit (magnit) kuchaytirgichlar,

* induktiv – sig‘imli parametrik tok o‘zgartkichlar va elektr (yarim o‘tkazgichli) o‘zgartkichlarga bo‘linadi.
Zamonaviy o‘zgartkichlarning asosiy qismini yarim o‘tkazgichli o‘zgartkichlar, ya’ni tiristorli va tranzistorli o‘zgartkichlar tashkil etib, ular o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga, impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok va bevosita hamda bilvosita chastota o‘zgartkichlar sifatida elektromexanik tizimlarida keng qo‘llaniladi.

Boshqaruv elementlari EMT tarkibida egallagan o‘ringa qarab ikki guruhga bo‘linadi:

1. EMT ning dinamik va statik xususiyatlarini va harakat vazifalarini shakllantiruvchi elementlar, bular EMT boshqaruv tizimini tashkil etuvchi rostlagichlar, o‘lchov o‘zgartgichlar, har – xil o‘zgartkichlar va boshqa shunga o‘xshash vazifalarni bajaruvchi elementlar.

2. Ishchi element tarkibiga ajralmas bo‘lak bo‘lib kiruvchi va elementning matematik ifodasida u bilan yahlitlikni aks ettiruvchi elementlar– bular masalan, tiristorlarni boshqarishda qo‘llaniladigan kommutasion zanjirlar.

Birinchi guruhga kiruvchi boshqaruv elementlari ushbu kursda mufassal o‘rganiladi va bu guruh o‘z navbatida bir necha guruhchalarga bo‘linadi, bular:

*EMT ko‘rsatkichlarini rostlashga xizmat qiluvchi turli xildagi sozlovchi va rostlovchi qurilmalar;
*teskari bog‘lanish zanjirlaridagi signallarni hosil qiluvchi va shakillantiruvchi sifatida foydalaniladigan elektrik va noelektrik o‘lchov o‘zgartkichlar;
*boshqaruv qismlari kirish va chiqish signallarining o‘zaro tok turi, darajasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha moslashtiruvchi qurilmalar.

Texnik ijrosi nuqtai nazardan ushbu guruhlashtirish EMT boshqaruv elementlarining juda xilma – xil bo‘lishi mumkinligini taqqozo qiladi. Misol uchun, vazifalovchi qurilma uzluksiz va uzlukli – raqamli tezlatkich uzatkichlar asosida yaratilishi yoki mantiqiy elementlar asosida dasturiy bloklardan iborat bo‘lishi mumkin.

Rostlagich qurilmalar sifatida operasion kuchaytirgichlar asosida yaratilgan tipik bloklar qo‘llanilmoqda.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok taxogeneratorlari, selsinlar, induktivli va optik aylanuvchi o‘lchov o‘zgartkichlar, shuningdek tok, kuchlanish, quvvat va boshqa elektr kattaliklar o‘zgartkichlari ham o‘lchov o‘zgartkichlari guruhini tashkil etadi.

Fazaviy detektorlar, emmitorli qaytargichlar, quvvat kuchaytirgichlar, raqamli – uzluksiz va uzluksiz – raqamli o‘zgartkichlar moslovchi qurilmalarni tashkil etadi.



Shunday qilib, rostlagichlar, o‘lchov o‘zgartkichlar va moslashtiruvchi elementlar vazifasini faqat uzluksiz signallarda ishlovchi qurilmalargina emas balki diskret – raqamli qurilmalar ham bajarishi mumkin. Ishlovchi vazifalovchi va rostlagichlar sifatida moslashtirilgan mikro-EHM ning hisoblash qurilmalari ham qo‘llanilishi mumkin.



Yüklə 21,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin