Elektron didaktik materiallarni yaratishda pedagogik dasturiy vositalarni qo’llash kurbonova Mahtuna Bakhtiyor qizi



Yüklə 22,04 Kb.
səhifə2/4
tarix02.05.2023
ölçüsü22,04 Kb.
#105707
1   2   3   4
Qurbonova M

Articulate Storyline dasturi
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo‘ljallangan eng mashhur dasturlaridan biri, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan [20].
Articulate Storyline - uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, o‘rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko‘rish va masofali ta’lim tizimlariga integrallanishi mumkin bo‘lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol ssenariylarni amalga oshirish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o‘quv kursni murakkab interfaol ssenariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki Flashni qo‘llashni bilish shart emas – Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi [9].
Ushbu dasturning xususiyati oson o‘zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihlarning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlardan qo‘ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko‘rinadi
Adobe Captivate 5 dasturi
Adobe Captivate  (avvalgi RoboDemo sifatida tanilgan)– Microsoft Windows va dasturiy ta’minotni namoyish etish, video darslarni yozish, dastur simulyatsiyasini yaratish, o‘quv taqdimotlarni yaratish va .swf formatda turli testlarni yaratish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Mac OS Xning 5 versiyalari uchun elektron ta’limda qo‘llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generatsiyalangan .swf ni .avi ga videoxosting saytlarga konvertatsiya qilish imkoniyati bor. Dastur simulyatsiyalarini yaratish uchun Captivateda chap va o‘ng sichqoncha tugmasini bosish va klavishalarni bosish mumkin [6].
Shuningdek, Adobe Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft PowerPoint taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertatsiya qilish uchun qo‘llash mumkin.
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyatsiyalar, yordamchi ma’lumotlar, skrinkastlar, o‘yinlar va darslar yaratish va tahrirlash mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga nisabatan ancha kam joy egallaydi.

Yüklə 22,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin