Elektron didaktik materiallarni yaratishda pedagogik dasturiy vositalarni qo’llash kurbonova Mahtuna Bakhtiyor qizi



Yüklə 22,04 Kb.
səhifə3/4
tarix02.05.2023
ölçüsü22,04 Kb.
#105707
1   2   3   4
Qurbonova M

CourseLab dasturi
CourseLab – bu Internet tizimida, masofaviy ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‘ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron o’quv resursilar) tayyorlash uchun mo‘ljallangan kuchli va ishlatish oson bo‘lgan dasturiy vosita [11].
CourseLabning asosiy imkoniyatlari:

  • WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish.

  • Tuzuvchidan HTMLyoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.

  • Ob’ektiv yondashish har qanday qiyinlikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi.

  • Senariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Ob’ekt»li bog‘liqliklarni yaratishni osonlashtiradi.

  • Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.

  • Ochiq Ob’ektiv interfeys Ob’ekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.

  • Ob’ektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.

  • Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini - Macromedia®Flash, Shockwave, Java va har qanday formatdagi video-formatdagi fayllarni joylashtirish imkonini beradi.

  • Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.

  • Microsoft PowerPoint formatida giprezentasiyalarni o‘quv materialiga joylashtirish imkoniyati

  • Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyatsiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni suratga olish mexanizmiga ega.

  • Amallarni izohlashning oson tiliga ega.

  • Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarning xususiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘riJavaScript-kirish imkonini beradi.

  • Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi.

iSpring dasturi
Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft – PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Unda taqdim etilayotgan material uni ko‘rayotgan kishilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishi imkoniyatini beradigan ko‘plab imkoniyatlari mavjud.
Bugungi kunda taqdimotni boshqa formatlarga o‘zgartirib yuborish imkoniyatini beradigan dasturlar paydo bo‘ldi.
"Richmedia" kompaniyasi tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beradigan dasturni taklif etmoqda. Mahsulot
iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, konversiyalash sifati va opsiyalar soniga ko‘ra Flash dagi PowerPoint formatidagi konverterlar orasida eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring PRO va iSpring Presenter o‘rtasidagi farq shundaki, ularning ikkinchisi nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.

Yüklə 22,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin