Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.

Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi.
Masofaviy talim texnologiyalari
Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun saayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli hol. Ko`pchilik Intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt tеxnologiyalar: masofadan o`qitish, elеktron kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va boshqalar. Quyida bu tеxnologiyalarning qisqacha, lеkin asosiy tavsiflarini kеltiramiz.