6. Oynani ekrandan uchirish. Sichqoncha ung tugmasi bilan kitob yorlig`ini bosib [Свернуть (Minimize)] yoki [Ctrl+F9].
7. Oynada belgilarni tartiblash. Menyu [Окно (Window)] - [упорядочит значки (Window Arrange Icons)].
Jadvallar haqida umumiy ma`lumot.
Jadvallar-bu Web sahifalarda ma`lumotlarni (vizual) tashkil qilishning muhim vositalaridan biridir. Bizga ma`lumki HTMLda, bezatish elementlarini aniq koordinatalar bo`yicha joylashtirish vositalari mavjud emas. Shuning uchun jadvallardan shu maqsadda foydalanish maqsadga muvofiq. Jadvallarni Web sahifaga joylashtirib, ularning kataklariga bezatish elementlarini joylashtirish mumkin. Bundan tashqari yana freymlar deb ataluvchi vositalar yordamida ham bu ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin bu vosita oxirgi vaqtlarda Web masterlar orasida o`z ommaviyligini yo`qota boshladi. Biz freymlarga keyingi ma`ruzamizda batafsil to`xtalamiz.
Jadvallardan to`laligicha foydalanish qoidalarini bilish uchun ularning tuzilishini yaxshi bilish talab qilinadi. HTML da jadvallar satrlardan tashkil topadi, satrlar esa o`z navbatida yacheyka (katak)lardan tashkil topadi. Shunday ekan bu obyektlarning har birining o`z parametrlari mavjud. Bu parametrlar yordamida ularning o`lchamlarini o`rnatish mumkin. Agar biz jadvalning kengligini oldindan aniqlab qo`ygan bo`lsak, masalan 100 piksel deb aniqlagan bo`laylik va har bir satrda 4 ta yacheyka joylashgan bo`lib bu yacheykalarning har birining uzunligi 30 pikseldan iborat bo`lsin, u holda jadval kengligi 100 piksel bo`lmasdan balki 120 piksel bo`ladi. Agar birorta yacheyka kengligi 30 pikseldan ko`p bo`lgan grafik tasvir joylashgan bo`lsa, u holda yacheykaning kengligi tasvir kengligiga mos ravishda kengayadi, buning natijasida esa butun jadvalning kengligi oshadi. Bu imkoniyat shuning uchun yaratilgan, buning natijasida qar bir yacheykadagi ma`lumot aniq va hech qanday yo`qotishlarsiz to`laligicha tasvirlanadi. Shuni e`tiborga olish kerakki jadvalning ustunlarini oldindan aniqlash imkoniyati yo`q. Ustunlarni brauzerning o`zi jadval satrlarini tahlil qilib aniqlaydi va jadvalni to`laligicha tasvirlaydi.
Endi biz jadval teglari bilan tanishishni boshlaymiz. Jadval va uning tashkil etuvchi hamma elementlari
teglar bilan mos ravishda jadvalning yuqorigi va pastgi sarlavhalarini (shapkalarini) tashkil qilish mumkin. Satrlar guruhini esa tegi yordamida hosil qilamiz. Shunday qilib jadval asosan yuqorida ko`rilgan teglardan tashkil topadi, qolgan boshqa jadval elementlari esa shu obyektlar ichida joylashadi.
tegida jadvalning barcha xususiyatlarini o`rnatish uchun yetarli bo`lgan parametrlar mavjud.
Jadvallarda balandlikni o`rnatish parametri yo`q, kenglikni esa width shart bo`lmagan parametr bilan o`rnatish mumkin. Jadvaldagi yacheykaning balandligi yacheykadagi obyektning o`lchamiga mos ravishda hisoblanadi. Jadval chegaralarining kengligini o`rnatish uchun border parametridan foydalanamiz. Bu parametrga manfiy bo`lmagan butun qiymat beriladi. Chunki u chegaradagi chiziqlarning kengligini (piksellarda) o`rnatadi. Agar biz bu parametrga “nol” qiymat o`rnatsak jadval chegaralari ko`rinmas holatga o`tadi. Bu esa bizga yacheykalarida Web sahifaning elementlari joylashgan ko`rinmas jadval tuzish imkoniyatini yaratadi. Yacheykalar o`rtasidagi masofani cellspaciing parametri yordamida piksellarda o`rnatish mumkin. Xuddi shunga o`xshash cellpadding parametri yacheyka ichidagi obyekt bilan uning chegaralari orasidagi masofani piksellarda o`rnatadi. Shunday qilib cellspacing yacheykalar o`rtasidagi ochiq (bo`sh) masofa, cellpadding esa yacheyka ichidagi bo`sh qoldirilgan joy.