Elektron materallar bazasining tuzilmasi va tarkibi Reja



Yüklə 59,82 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü59,82 Kb.
#165763
  1   2
Elektron materallar bazasining tuzilmasi va tarkibi


Elektron materallar bazasining tuzilmasi va tarkibi

Reja:

Elektron o'quv materiallar bazasining tuzilmasi va tarkibi.


Ta'limiy Internet resurslar va ulardan o'quv jarayonida foydalanish.


Elektron o'quv - metodik materiallar majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi

Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallarbular elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.
Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) – o’rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi o’quvchi va o’qituvchilarga mo’ljallangan, ma’lum bir fanni o’rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. Elektron axborot ta’lim resursi tashkiliy elementlarining tavsifi ijodkorlik (kreativ-mualliflik) muhitidir. Taklif etilayotgan elektron axborot ta’lim resurslari ta’lim oluvchilarga o’rganilayotgan obyekt ustida ijodiy izlanish olib borishga, uni o’zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o’zaro bog’liqliklarni tizimli o’rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga jamoa bo’lib ishlash imkoniyatini yaratadi Elektron axborot ta’lim resursi o’quv jarayoniga moslashuvchan bo’ladi. Passiv holatda bu qo’shimcha o’quv materiali hajmining ko’pligida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga resurs taklif etayotgan materialni ko’chirish, uni qayta ishlash, olingan material bazasida yangi o’quv materialini tayyorlash imkonini beruvchi vositalar to’plami. Elektron axborot ta’lim resursining asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar:  
1). Fan bo’yicha ma’ruza matni yoki nazariy materiallar to’plami. Umumta’lim maktablari uchun joriy etilgan darslikning elektron nusxasi. 
2). Mashq va masalalar to’plami. Ta’lim berishda qo’yilgan birlamchi talablarni bajarish uchun mashq va masalalar to’plami. Masalalar to’plami elektron variantda faqat sidirg’a matn ko’rinishida emas, balki uni yechish uchun tuzilgan maxsus amaliy dasturlardan foydalaniladi. Asosiy mezon sifatida nazariy jihatdan yoritilgan o’quv materiallar bilan bevosita bog’liq masala yechimi yoki tahlili qaraladi. 
3). Test. Darslikda berilgan mavzular kesimida test WEB formatda yaratiladi. Mavzuni o’rganish tugashi bilan bilimlarni sinab ko’rish imkoniyati mavjud. Tashqi ko’rinishidan elektron nazorat dasturining eng sodda va birlamchi varianti. Bundan tashqari o’rganilgan kurs materialini o’zlashtirish darajasini tahlil etish uchun savollar ombori bilan ishlash, to’g’ri-noto’g’ri javoblar tahlilini qila oladigan, ya’ni mavzuni o’zlashtirishdagi muammolarni aniqlash imkoniyati realizasiya qilingan test dasturi ham resurs bazasiga kiritiladi. 
4). So’rovnoma. Mazkur blokda fanni o’rganish uchun terminologik lug’at joylash-tiriladi. Shu bilan birga fanni to’ldiruvchi, o’rganiladigan kurs doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni aks ettiruvchi ensiklopedik materiallar joylashtiriladi. Resursning asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Boshlang’ich holatda ensiklopediya ta’lim standartlari tomonidan talab etilgan axborot hajmidan ko’proq axborot berish imkoniyatini beradi. 
5). Dars mavzusini to’ldiruvchi qo’shimcha materiallar. Mazkur blok (menyu)da darslik mazmunini to’ldiruvchi interaktiv animasion dasturlar, rasmlar kompozisiyasi, matn ko’rinishidagi qo’shimcha materiallar joylashtiriladi. 
6). Didaktik materiallar, fan bo’yicha taklif etilayotgan resurs mazmunini namoyish etuvchi plakatlar, ko’rgazma qurollari va fanni o’rganish uchun yaratilgan chiziqli animasion roliklar. 
7). Media fayllar. Audio, video materiallar. Mazkur blok dars mavzusini yorituvchi .mp3 formatidagi audiorolik, .swf yoki .avi formatidagi videoroliklar. 
8). Fotogalereya, dars mavzusini to’ldiruvchi foto yoki fotokompozisiyalar. Resurs bazasida realizasiya qilingan barcha bloklardagi axborotlarni tahrirlash, ya’ni almashtirish yoki ustida qayta ishlash imkoniyatini beruvchi “redaktor-muharrrir” dastur ishlatiladi.   
Zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslari qo’yidagi talablarga javob berishi zarur: 

1. Pedagogik talablar o’z navbatida didaktik va uslubiy talablarga bo’linadi. 


2.Funksional talablar: -mazmun qog’oz variantdagi kitobga o’xshash tarzda, kalit so’zlarni qidirish imkoniyati majud, fanni to’ldiradigan qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitilgan; moslashuvchanlik-ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasiga bog’liq ravishda, o’tilgan mavzuni qaytarish, ustida ishlashni individual tempda amalga oshirish; ko’pterminalli-statik ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjud, sinfdagi o’quvchilarning darslikdan foydalanish chastotasi, test natijalari, to’g’ri-noto’g’ri javoblar, o’quvchilarning qaysi mavzuni yomon o’zlashtirayotganligini tahlil qilish imkoniyatlari; interaktivlik-tabiiy muloqotni imitasiyalash, ya’ni EATR bilan o’quvchi o’rtasida muloqot o’rnatib, o’qituvchi yoki o’rgatuvchi mavjudligi hissini tashkil etish; interaktivlik ta’minlash va individual ta’lim olishga sharoit yaratish imkoniyatining mavjudligi; elektron axborot texnologiyalarida mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalangan holda yuqori sifatli ko’rgazmalilikka ega bo’lishi shart.   
3. Psixofiziologik talablar: EATR ni ishlab chiqaruvchilar quyidagi psixofiziologik talablarga ham rioya qilishlari zarur: har bir ta’lim oluvchi – o’quvchining fikrlashi, dunyoqarashi, taqdim etiladigan o’quv materialini qabul qilish va o’zlashtirish darajasi har xil bo’lgani uchun, EATRni ishlab chiqarishda asosan ko’rish, eshitish va tasavvurni shakllantiruvchi uslublardan foydalanish; ta’lim oluvchilarning individual qobiliyat-larini hisobga olish uchun o’quv materialini bir nechta uslub yordamida, ya’ni matn, ovoz va grafik interpretasiya orqali taqdim etish imkoniyatining mavjud bo’lishi; yosh xususiyatlari va qiziquvchanlik faktorlarini hisobga olish, ta’lim oluvchiga taqdim etiladigan o’quv materialini mustaqil o’rganishga undovchi uslublarning mavjudligi maqsadga muvofiqdir; foydalanuvchi interfeysini yaratishda tanlanadigan ranglarning psixologik xususiyatlarini hisobga olinishi;  taqdim etiladigan o’quv materiali matni va fon kombinasiyalarida, rang va ma’lumotlarning aks etishiga alohida e’tibor berilishi shart.  
4. Ergonomik talablar.
5. Texnik talablar Elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishining zamonaviy talablariga mos bo’lishi shart. Elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqishda bu sohada dunyoning eng ilg’or mamlakatlari tajribalarini joriy etish, EATR ni tayorlashda ular foydalanayotgan eng yangi dasturiy mahsulotlar, qo’llayotgan texnologiyalardan samarali foydalanish kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) maktablardagi shaxsiy kompyuterlarda, lokal tarmoqda va Internet orqali onlayn tizimida ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak va shu o’rinda yuklanishi og’ir bo’lmasligi kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanuvchilar asosan maktab o’qituvchilari va o’quvchilardir. Shuning uchun ularni ishga tushirishda turli parollar qo’llash va ro’yxatdan o’tkazish shartlari qo’llanilmasligi kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish tezligini pasaytiradigan va ortiqcha dasturlarni o’rnatish talab etilmasligi zarur. 
6. Hujjatlar. Elektron axborot-ta’lim resurslar quyidagilarni o’z ichiga olgan foydalanuvchi yo’riqnomasiga ega bo’lishi lozim: -resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik yo’riqnoma; resursdan ta’lim jarayonida foydalanish, ya’ni dars jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan uslubiy tavsiyalar (shu jumladan, tavsiya etilgan foydalanish ssenariyi) keltirilgan yo’riqnoma. 
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki: Elektron axborot ta’lim resursi maqsadga yo’naltirilgan, shaxsning rivojlanishiga mo’ljallangan, ta’lim maqsadiga erishish uchun pedagogik metodlar va texnologiyalarning uslubiy izchililigiga ega bo’lgan pedagogik ssenariy asosida tuziladi. O’quv materialining joylashtirilishi tuzilmasi pedagogik ssenariyga mos tarzda amalga oshiriladi va ta’lim berish sifatini oshirish uchun xizmat qiladi. 



Yüklə 59,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin