Elektron pullar va ularning bugungi kundagi


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 465,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.07.2023
ölçüsü465,06 Kb.
#135593
1   2   3   4
ZDIT2716

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
kartalar bilan ishlaydigan bir qancha tizimlar ham mavjud albatta, faqat ular 
qamrab olgan amal qilish doirasi nisbatan torroq hisoblangani uchun tadqiqot 
izlanishlarida nisbatan kamroq foydalaniladi.
Elektron pullarni amaliyotda jismoniy shaxslarga sotish yoki jismoniy 
shaxslardan elektron pullarni sotib olish elektron pul tizimining agenti 
tomonidan emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga 
oshiriladi, ushbu bitim tomonlarning huquq va majburiyatlarini, elektron 
pullarni sotish va sotib olish tartibi va shartlarini belgilaydi. Elektron pullar har 
bir elektron pul egasi uchun shakllanadigan elektron hamyon uchun emitentdan 
sotib olinadigan elektron pul tizimi orqali jismoniy shaxsga va elektron pul 
tizimining agentiga sotiladi.
Emitent tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron 
pullar faqat milliy valyutada nominal bo‘lishi kerak .
Elektron pulni emitent tomonidan sotilishi faktini tasdiqlash uchun 
elektron pul egasiga uni berishda qog’oz yoki elektron shaklda maxsus 
kvitansiya taqdim etilishi kerak.
Yuridik nuqtayi nazaridan elektron pullarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 
muomala jarayonida emitent tomonidan beruvchiga to‘lovni elektron shaklda 
berish jarayonida pul olgandan keyin ham qabul qilingan majburiyatlar 
miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda va qarz ko‘rinishidagi elektron shakldagi 
to‘lovdir. Elektron pullarning muomalasi emitentga da’vo huquqini berish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi va elektron pullar emitent tomonidan taqdim etilgan 
hajmda to‘lov majburiyatlarini bajarish zaruriyatini vujudga keltiradi. To‘lov 
majburiyatlarini hisobga olish maxsus qurilmada elektron shaklda amalga 
oshiriladi. Zamonaviy to‘lov tizmini huquqiy jihatdan kafolatlash va himoyasini 
ta’minlash yuzasidan elektron hamyonni emitent tomonidan bloklash tizimi 
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular elektron hamyonni yo‘qotish, o‘g’irlash yoki ruxsatsiz 
foydalanish to‘g’risida elektron pul egasidan xabarnoma olgandan keyin; 
elektron pul egasi tomonidan elektron pulni chiqarish, undan foydalanish va 
qaytarish to‘g’risidagi bitim shartlari buzilgan taqdirda; shartnomada nazarda 
tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi va mulkdor mulkini huquqiy 
himoyasini ta’minlaydi. 

Yüklə 465,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin