«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya tomonidan 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan ro‘yxatidan o‘tkazilib amaliyotga
joriy qilinishi elektron to‘lov tizimida elektron pullarning ahamiyati nechog’lik
muhimligini va bu jarayonni huquqiy nazoratini ta’minlashga muhim e’tibor
qaratilayotganiligan dalolat beradi . Amaliyotga joriy qilingan ushbu hujjat
ekspertlar tomonidan jahon tajribasini tahlil qilgan holda elektron pullar tizimi
faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida
risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab
chiqildi.
Bugungi kunda Respublikamiz hududida 5 ta turdagi elektron pullar tizimi
ro‘yxatga olingan bo‘lib, mavjud elektron pullar tizimi elektron hamyonlarda
saqlanishi amaliyotda bizga ma’lum. Bu respublikamiz miqyosida ham dunyo
mamlaktlari kabi elektron pullarga bo’lgan talab ortayotganidan dalolat
bermoqda.
Elektron pullar saqlanadigan virtual hamyonlar asosan bank kartasi
bo‘lmagan, ammo shu bilan birga elektron puldan foydalanishni istaganlar
uchun mo‘ljallangan. Elektron hamyonlarining imkoniyatlari klassik plastik
kartalarga nisbatan cheklangan.
Elektron pul - bu internetdagi turli xil tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘lash
uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan virtual valyuta. Elektron pullar, boshqa
valyutalar singari, o‘z nominal qiymatiga ega va ma’lum bir jahon valyutasiga
bog’langan. Shunga ko‘ra, elektron pullarni boshqa pul birliklari (valyuta
ayirboshlash) uchun topilgan yoki sotib olingan boshqa pullar singari olish
mumkin.
Virtual valyuta - bu o‘z ichiga maxsus tizim ichidagi elektron pul, fizik
jihatdan mavjud bo‘lmagan mavhum qiymatlardir. Ya’ni, siz ularni qo‘llaringizda
ushlab turolmaysiz, ularni haqiqiy hamyonga joylashtirolmaysiz, bundan
tashqari ular cheklangan aylanish doirasiga ega - faqat tarmoq.
Elektron pulni saqlash joyi ular uchun maxsus yaratilgan elektron to‘lov
tizimlaridagi hisob-kitoblar bo‘lib, ularga kirish parol bilan himoyalangan. Ya’ni,
turli xil to‘lov tizimlari elektron pulni saqlash va kafil bo‘lib, foydalanuvchi faqat
ko‘p sonli Internet tizimlaridan qaysi birida elektron hamyon yaratishni o‘zi
tanlaydi.
Bugungi kunga kelib elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala
qilishning eng ommabop turiga aylandi. Rivojlangan va rivojlanib borayotgan
davlatlar butun dunyoga bo‘yicha tarqalgan va ommaviy ko‘lamga ega bo‘lgan
elektron pul muomolasi bilan bog’liq bank kartalarni muomalaga chiqarishgan.
Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan
tizimlar bu: Visa, MasterCard, Visa Electron va Maestrodir. Bundan boshqa