«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya kartalar bilan ishlaydigan bir qancha tizimlar ham mavjud albatta, faqat ular
qamrab olgan amal qilish doirasi nisbatan torroq hisoblangani uchun tadqiqot
izlanishlarida nisbatan kamroq foydalaniladi.
Elektron pullarni amaliyotda jismoniy shaxslarga sotish yoki jismoniy
shaxslardan elektron pullarni sotib olish elektron pul tizimining agenti
tomonidan emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga
oshiriladi, ushbu bitim tomonlarning huquq va majburiyatlarini, elektron
pullarni sotish va sotib olish tartibi va shartlarini belgilaydi. Elektron pullar har
bir elektron pul egasi uchun shakllanadigan elektron hamyon uchun emitentdan
sotib olinadigan elektron pul tizimi orqali jismoniy shaxsga va elektron pul
tizimining agentiga sotiladi.
Emitent tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron
pullar faqat milliy valyutada nominal bo‘lishi kerak .
Elektron pulni emitent tomonidan sotilishi faktini tasdiqlash uchun
elektron pul egasiga uni berishda qog’oz yoki elektron shaklda maxsus
kvitansiya taqdim etilishi kerak.
Yuridik nuqtayi nazaridan elektron pullarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,
muomala jarayonida emitent tomonidan beruvchiga to‘lovni elektron shaklda
berish jarayonida pul olgandan keyin ham qabul qilingan majburiyatlar
miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda va qarz ko‘rinishidagi elektron shakldagi
to‘lovdir. Elektron pullarning muomalasi emitentga da’vo huquqini berish yo‘li
bilan amalga oshiriladi va elektron pullar emitent tomonidan taqdim etilgan
hajmda to‘lov majburiyatlarini bajarish zaruriyatini vujudga keltiradi. To‘lov
majburiyatlarini hisobga olish maxsus qurilmada elektron shaklda amalga
oshiriladi. Zamonaviy to‘lov tizmini huquqiy jihatdan kafolatlash va himoyasini
ta’minlash yuzasidan elektron hamyonni emitent tomonidan bloklash tizimi
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular elektron hamyonni yo‘qotish, o‘g’irlash yoki ruxsatsiz
foydalanish to‘g’risida elektron pul egasidan xabarnoma olgandan keyin;
elektron pul egasi tomonidan elektron pulni chiqarish, undan foydalanish va
qaytarish to‘g’risidagi bitim shartlari buzilgan taqdirda; shartnomada nazarda
tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi va mulkdor mulkini huquqiy
himoyasini ta’minlaydi.