Elektron pullar va ularning bugungi kundagi



Yüklə 465,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.07.2023
ölçüsü465,06 Kb.
#135593
  1   2   3   4
ZDIT2716




63 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
ELEKTRON PULLAR VA ULARNING BUGUNGI KUNDAGI 
AHAMIYATI 
Abdumalikov Zafar Erkin o’g’li 
Toshkent viloyati yuridik texnikum 
davlat-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 2-kurs o‘quvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7337171 
Annotatsiya: mazkur maqolada elekron pullar tushunchasi, electron 
pullarning o`ziga xos xususiyatlari, shuningdek, electron pullarning bugungi 
kundagi ahamiyati batafsil tahlil qilingan. 
Kalit so`zlar: elektron pullar, elektron savdo, virtual valyuta, emitent. 
Hozirgi kunga kelib jadal sur’atlari bilan rivojlanib kelayotgan raqamli 
texnologiyalar iqtisodiyotimizning barcha sohalariga birin-ketin tezlikda kirib 
bormoqda. Mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish 
jarayonining rivojlanishi raqobat muhitini shakllanishi va kuchayishiga ta’sir 
o‘tkazayotgan bir vaqtda, elektron savdoning rivojlanishi turli xildagi to‘lov 
amaliyotlarini, 
chakana 
to‘lovlar 
bo‘yicha 
tranzaktsion 
xarajatlar 
qisqartirilishini, xususan, to‘lovlar amaliyotini bajarish jarayonida moliyaviy 
institutlarning ishtirokini talab etmaydigan innovatsion va samarali to‘lov 
vositalarining amaliyotga tatbiq etilishini taqozo etmoqda.
Barchamiz bilamizki, Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat, ayniqsa, 
elektron pul muomalasining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha 
amalga oshirilgan chora-tadbirlar, pandemiya tahdidlari bilan dunyoda kuchayib 
borayotgan ayni iqtisodiy beqaror vaziyatda ijobiy jihatlarni namoyon etdi 
hamda Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat subyektlarini ham 
mahalliy, ham xorijiy xizmat koʻrsatish bozorlarida savdo aloqalarining amalga 
oshirilishini faollashtirishga zamin yaratdi. 
Mamlakat miqyosida elektron pullar tizimini huquqiy takomillashtirish 
asosiy muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda. O‘zbekiston 
Respublikasida elektron to‘lov tizimini takomillashtirish yuzasidan qator ishlar 
amalga oshirilib kelinmoqda, buning namunasi sifatida “To‘lovlar va to‘lov 
tizimlari to‘g’risida”gi Qonunning qabul qilinishini keltirishimiz mumkin. Qabul 
qilingan Qonun yuzasidan elektron pullar muomalasi, jumladan, elektron 
pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan 
faoliyat huquqiy jihatdan takomillashtirildi va joriy qilingan huquqiy hujjat bu 
faoliyatning asosiy manbai sifatida xizmat qilib kelmoqda. 2019 yilning 1 noyabr 
sanasida 578-son bilan qabul qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g’risida”gi 
Qonuni asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni 
chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligi 



64 

Yüklə 465,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin