4-qadam: Batareya qisqichlarini maketga joylashtirish. Batareya qora qisqichi ulagichini maketning yuqori relsiga ulang. Batareya qizil qisqichi ulagichini maketning pastki relsiga ulang.
5-qadam: Batareyani batareya qisqichiga ulash. Va nihoyat zanjirga manba berish uchun va yorug’lik diodni yoqish uchun batareyani batareya qisqichiga joylashtiring.
Quyidagi rasm bu amaliy mashg’ulotimizda qurilgan sxemani ko`rsatib berib, unda maketda ulanish chiziqlarini ko`rsatadi. Bu chiziqlar ko`k rangda keltirilgan.
Ishni bajarish tartibi Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida 1 ta maketda mexatronik modul yig’adi.
Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab topshiradi.
Topshiriqlar: 1 ta maketda 2 ta rezistor, 1 ta led asosida mexatronik modulni yig`ing va yozma hisobot tayyorlang.
1 ta maketda 3 ta rezistor, 1 ta led asosida mexatronik modulni yig`ing va yozma hisobot tayyorlang.
1 ta maketda 1 ta rezistor, 2 ta led asosida mexatronik modulni yig`ing va yozma hisobot tayyorlang.
1 ta maketda 1 ta rezistor, 3 ta led asosida mexatronik modulni yig`ing va yozma hisobot tayyorlang.
1 ta maketda 2 ta rezistor, 2 ta led asosida mexatronik modulni yig`ing va yozma hisobot tayyorlang.