xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
6. Bugungi kunda katta ijtimoiy tarmoqlarda olimlar o‘zlarining ilmiy ishlarining taqdimotini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Lekin olimlarning shu imkoniyatlardan foydalanishga befarqligi yoki ulami bilmaslik oqibatida ko‘p olimlarning ishlari haqida jamoatchilik tasavurga ega emas. Shu bois, har bir olim o‘zining ilmiy ishlarini intemetdagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borishlari maqsadga muvofiq. (Google akademiya, Google scolar, RINS). Jami indekslaming umumiy soni mamlakatning ilmiy salohiyatini aniqlash imkoniyatlaridan biridir). Scopus Elsevier nashriyotiga qarashli bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi bo‘lib, undan shuningdek ilmiy jumallarda nashr etiluvchi maqolalarning havola keltirilish darajasini aniqlash uchun ham foydalaniladi. Bu ma’lumotlar bazasida 5 mingga yaqin nashriyotlaming 24 mingdan ziyod nashrlari joylangan. Bazaga 2004 yil 15 martda asos solingan. Bu ma’lumotlar bazasi ga ushbu veb-sahifaga yozilish va a’zo bolish orqali kirish mumkin. Ushbu ma’lumotlar bazasi o`z ma’lumotlarini izlashda Scirus qidiruv apparatidan foydalanadi. Web of Science (inglizchadan Web of Science (WoS) - “Fan tarmogi”) intemet-qidiruv platformasi bo‘lib, u ilmiy nashrlardagi ilmiy ishlar va patentlar, shuningdek o‘z bazalaridagi ilmiy ishlaming o‘zaro havola qilinishini, hisobga oluvchi ma’lumotlar bazalarini ham o‘z ichida oladi va foydalanuvchilarga bu manbalarda qidiruv olib borish imkonini beradi. Web of Science ma’lumotlar bazasi o‘z ichiga tabiiy, texnik ijtimoiy, gumanitar fanlar va san'at sohalariga oid ilmiy ishlarni oladi. Shuningdek, mazkur platformada bibliografik ma’lumotlami izlash, tahlil etish va boshqarishning o4ziga xos qulayliklari mavjud. Mazkur platforma 2016 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning hozirdagi egasi Clarivate Analytics kompaniyasidir. Akademiya Google (google scholar) - bu barcha tur va sohani o‘z ichiga qamrab oluvchi ilmiy nashrlar qidiruv tizimidir. Bu loyiha 2004 yildan buyon uzluksiz ravishda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Google Scholar o‘z indeksini Yevropa va Amerikaning mashxur nashrlariga qarashli jumallarida nashr etiladigan ilmiy ishlar reytinglanga asosan belgilaydi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra Google Scholar Scirus CiteSeerX va GetCITED saytlariga yaqin turadi. Shuningdek, Google Scholar, muayyan toMov amalga oshirilgandan keyin ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beruvchi funksiyaga ham ega va bu xususiyati bilan u Scopus va Web of Science tarmoqlariga yaqin turadi. Google Scholar bazasining shiori “Gigantlar yelkasida turib” bo‘lib, bu I Nyuton tomonidan asrlar davomida fan rivoji uchun hissa qo‘shgan va yangi kashfiyotlar va yutuqlar uchun asos boMib xizmat qilgan olimlami nazarda tutib aytgan “Agar men boshqalarga nisbatan uzoqroqni ко`ra olgan bo‘lsam, buning sababi mening gigantlar yelkasida turganimdir” iborasidan olingandir.
7. Tezis - muayyan katta maqolaning asl mohiyatini tushuntiruvehi kichik izoh.
8. Mavzuni tanlashda quyidagilarga e`tibor berilishi kerak: - Mavzuni tanlashda biriktirib qo’yilgan ilmiy rahbar bilan kengashish va bir to’xtamga kelish. - Kafedradagi himoya mavzulari bilan tanishish, himoyalangan dissertatsiya katalogini o’rganish, tahlil qilish. - Himoya qilingan dissertatsiyalardagi so’nggi yangiliklar, siz mo’ljallayotgan mavzuga yaqin ishlar bilantanishish. - Zamon talablari asosidagi yangi yo’nalish, muammolar, mavzular yangicha qarashlarni o’rganish. - O’z ilmiy mutaxassisligi bo’yicha adabiyotlar bilan tanishib chiqish, maxsus ilmiy to’plam, mavsumiy davriy nashrlar, internet saytlar bilan tanishib chiqish. - Amaliyotchi mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazish va maslahatlarini olish. - Dolzarbligi - Aniqliyligi - yangiligi, jamiyat va hayot bilan bog’liqligi, ayrim mavjud qarama-qarshiliklar yechimiga qaratilishi. - qisqa, aniq muammoni olib, uni atroflicha gorizontal, vertikal, tizimli yechimini izlash.
9. ma'ruzaning batafsil rеjasini tuzish; ma'ruza rеjasini eshittirish; rеjaning har bir qismini yoritishdan so’ng qisqacha umumiy xulosa qilish; ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo’limiga) o’tishda mantiqiy bog’liqlikni ta’minlash; muammoli bayon qilish; yozib olish zarur bo’lgan joylarni ajratish (yozdirish); ma’ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini bеruvchi sеminar-mashg’ulotlari va amaliy mashg’ulotlar bilan qo’shib olib borish. 1. Kirish qismi: Mavzu Maqsad Tashkiliy savollar Motivastiya, qiziqishni uygotish 2. Asosiu qism: Asosiy fikr 1 Asosiy fikr 2 Asosiy fikr 3 va hokazo. 3. Yakuniy qism Natija va xulosa Umumlashtirish.
10. Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi. Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim. Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
11. Kimgadir iqtiboslik qilish - bu avvalgi yozgan yoki otmishdagi olimlar ishiga o’z ishingizda e’tibor ko’rsatish, ya’ni iqtiboslik keltirish bu insonning intellektual qarashlari xisoblanadi. Nashrlarga iqtiboslik keltirish sabablari: • xissasini tan olish; • shaxsiy ishini yoki boshqalar ishini firlash; • avvalgi ishlarni tanqid qilish; • ushbu mavzuga oid qo’shimcha adabiyotlarni ko’rsatish; • avvagi ishlarni inkor qilish, tan olmaslik; • ma’lumotlarni tasdiqlash; • xurmat keltirish