Elektron va analitik tarozilar, distillyator, avtoklav, sentrifuga, elektroforez jihozlari, vortex, vaakum konsentratori, spektrofotometr. Tarozi — jismga taʼsir etuvchi ogʻirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob.
Tarozi qadimiy oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy tarozi qadimgi Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishi bilan tarozi asta-sekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna (etalon; toshlarni tekshirish uchun) va laboratoriya (analitik, mikroanalitik, namuna aniqlanadigan va boshqalar) turlari bor. Ishlash tarzi boʻyicha richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kilogrammgacha, koʻchma — 50 kg dan 6 tonnagacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5 tonnadan 200 tonnagacha yukni torta oladigan xillari bor.
Tarozilarning barcha xillari ushbu koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) chegaraviy tortish kuchi — metrologik koʻrsatkichlarini buzmagan holda tarozi chidashi mumkin boʻlgan eng katta statik nagruzka; 2) boʻlinmalari qiymati — shkalaning bir boʻlimi oʻzgarishiga mos vazn; 3) tortishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar chegarasi — bir galgi tortilgan vazn bilan haqiqiy vazn orasidagi farq; 4) tortishlar paytida shkala koʻrsatishidagi yoʻl qoʻyiladigan farqlar — bir jismning oʻzini har gal tortib koʻrganda vazni har xil chiqishi. Shu koʻrsatkichlar tarozining sifatini va sinfini belgilaydigan omillar hisoblanadi. Hozir yukning ham vaznini, ham qiymatini xaridorga koʻrsatib turadigan elektron tarozilar koʻproq qoʻllanadi
Analitik tarozi — moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; ki-myoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida ogʻirligi 2 gdan 200 g gacha boʻlgan mod-dalar 0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining toʻliq analitik (100-500 g li, 1-5 mg aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20-50 g li, 0,2-0,25 mg aniqlikda), mikroanalitik (20-30 g li, 0,01 mg aniqlikda), probirka (1-2 mg li, 0,04 mg aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi boʻladi. Koʻpincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik tarozi ni chang, shamol, kishi nafasidan sakdash uchun u oynali shkaf ichiga oʻrnatiladi.
Tarozi va tortish qoidalari
Tarozining tuzilishi. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim asboblaridan biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni bilishi zarur. Laboratoriya amaliyotida turli aniqlikda pallali tarozilardan foydalaniladi. Pallali tarozilar 1-2 g- moddaning ortiq yoki kamligi ahamiyatga ega bо‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish talab qilinganida, texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda analitik tarozilarda tortiladi (22- rasm h ).
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-kimyoviy tarozida (22-rasm a ) shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch vazifasini о‘taydi, qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay turganda tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib qо‘yiladi. Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi.
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati deyiladi. Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda esa yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli strelka о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi pastki tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal holatda bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa tortishdan oldin uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. Buning uchun arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. Agar tarozi tо‘g’ri о‘rnatilgan va tо‘g’ri ishlayotgan bо‘lsa, strelka shkalaning о‘rtasidagi belgidan chap va о‘ng tomonga barobar og’adi, bu hol tarozi pallalarining muvozanatda ekanligini kо‘rsatadi. Agar strelka biron tomonga kо‘proq og’sa, shayning uchiga о‘rnatilgan pasangilardan birini yoki о‘nga yoki chapga burab, tarozi muvozanatga keltiriladi.
Analitik tarozilar oldingi devorni yuqoriga kо‘tariladigan va eshikchalari bо‘lgan oynalangan shkafchalarda bо‘ladi. Shkafcha aniq tortishda chang va havo qarshiligidan saqlaydi. Tortish paytida va tarozi ishlatilmaydigan paytda eshikchalar berkitilib qо‘yiladi. Har bir analitik tarozi uchun maxsus toshlar ishlatiladi. Bu toshlar maxsus qutichadagi alohida uyachalarga joylashtirilgan. Odatda toshlarning og’irligi quyidagacha bо‘ladi:Gramlar - 50. 20. 10, 10, 5, 2,1.Milligramlar - 500, 200, 200, 100, 50, 20, 20, 10.Texno-kimyoviy tarozida tortish uchun yuqoridagidan osonroq toshlar ham ishlatiladi
Tortish qoidalari. Tarozini bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish ruxsat etilmaydi. Tarozi yuqorida aytilganidek muvozanatga keltirilganidan so’ng tortishga kirishiladi: tortilishi kerak bо‘lgan narsa tarozining chap pallasiga qо‘yiladi, о‘ng pallasiga esa toshlar qо‘yiladi. Tortiladigan narsa temperaturasi, tarozi temperaturasi bilan bir xil bо‘lishi kerak. Toshlar solingan quticha tarozining о‘ng tomoniga qо‘yiladi. Toshlar faqat spirt yordamida, malum tartibda qо‘yiladi: avval toshlarning kattasi, so’ng kichikrog’i va shutartibda qо‘yib boriladi. Toshlar tarozi arretirlab qо‘yilgan holdagina qо‘yilishi va olinishi kerak. Aks holda prizmaning qirrasi tez yoyilib, tarozining aniqligi kamayadi, tarozi strelkasi kuzatiladi, agar strelkaning ogishi chap va о‘ng tomonga bir xil bо‘lsa yoki bir darajasiga farq qilsa, tortilayotgan narsa va toshlar muvozanatga kelgan hisoblanadi. Tortilayotgan modda tо‘gridan-tо‘gri taroziga qо‘yilmasdan og‘irligi ma’lum bо‘lgan soat oynasiga, byuks yoki stakanchalarga solib tortiladi. Suyuqliklarni tortishda uning tomchilari tarozi pallasiga tushmasligi kerak. Texno-kimyoviy tarozida tortishda 0,01 g tosh yengil, 0,02 g qо‘yilganda og’irlik qilsa tortish tugallangan hisoblanadi. Analitik tarozilarda 0,0002 g aniqlik bilan tortish mumkin. Gramning mingdan va yuzmingdan bir ulushlari maxsus og’irlik-yengil bukilsa sim - 0.01 1 og’irlik yordamida aniqlanadi. U maxsus sterjen yordamida tarozining yuqori shkalasida harakatga keltiradi.