Genomning gen bo’lmagan uchastkalari ahamiyati va ulardan amaliyotda foydalanish. Genom - organizm hujayrasida to‘plangan irsiy materialning yig‘indisidir. Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo‘lgan biologik axborotni saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha hujayrali hayot formasiga ega bo‘lgan genomlar DNKdan tuzilgan, lekin ba’zi bir viruslar genomi RNKdan iborat. SHu bilan birga, “genom” terminining boshqacha talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma’lum turning genetik materiallari xromosomalarni gaploid naborida yig‘ilganiga tushuniladi. Eukariotlarning genomi razmeri haqida gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini haqida tushuniladi. Odamda (Homo sapiens) somatik hujayralar irsiy materiali yadroda joylashgan 23 juft xromosomada (22 juft autosom va 1 juft jinsiy xromosoma) namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari hujayra ko‘plab nusxadagi mitoxondrial DNKga ega. Odamning 22 autosoma, X va Y jinsiy xromosomlari, mitoxondrial DNK birgalikda bo‘lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni tashkil qiladi. «Gen» termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909 yili, ya’ni Uilyam Betson «genetika» terminini kiritgandan 3 yil ishlatilgan. Grek tilidan tarjima qilinganda «gen» - bu «avlod», shuning uchun «genetika» – bu ajdoddan avlodga belgilarni o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Genlarni o‘rganish bilan genetika fani shug‘ullanadi, uni boshlab bergan Gregor Mendel hisoblanadi. U 1865 yilda no‘xatni chatishtirishda belgilarni avlodga o‘tishini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘zining ilmiy ishlari natijasini e’lon qilgan. «Genom» termini 1920 yilda Gans Vinkler tomonidan bir biologik tur organizmlarning xromosomalari gaploid naborida yig‘ilgan genlarni yozish uchun ishlatilgan. Suffiks «-om» ularda qismlarni bir butun qilib birlashtirish ma’nosini beradi, shuning uchun «genom» deganda genlarni bir butunlikka birlashtirishga tushuniladi. 16 Avvaldan “gen” termini ma’lum irsiy axborotni o‘tkazishning nazariy birligi sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik eksperimental tasdiqlandiki, faqat DNK o‘zida irsiy axborotni saqlaydi va bu holat molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida ko‘rsatilgan. Марказий догма ДНК РНК оқсил транскрипция трансляция Нусҳа кўчириш принципи репликация Комплементарлик Генетик код Марказий догма ДНК РНК оқсил Репликация Транскрипция Трансляция Тескари транскрипция Репликация РНК Фақат РНК-вируслар Ретро-РНК-вируслар Бошқа организмлар ҳам улардан ушбу ферментни олган ва баъзи ҳолларда ишлатишади. 17 Gen (dr.-grech. γένος avlod) — tirik organizmlarning strukturaviy va funksional irsiy birligi. Gen DNKning shunday uchastkasiki, unda ma’lum bir polipeptid yoki fuknsional RNK ketma-ketligi berilgan. Genlar (aniqroq, genlar alleli) organizmlarning ko‘payishida ajdoddan avlodga o‘tadigan irsiy belgilarni belgilaydi. Ba’zi organizmlar orasida, asosan bir hujayralilarda, ko‘payish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda genlarning gorizontal o‘tishi uchrab turadi. Gen – irsiy axborot birligi bo‘lib, genom yoki xromosomada ma’lum o‘rinni egallagan va organizmda ma’lum funksiyani nazorat qiladi. Genning klassik belgilanishi: bitta gen – bitta belgi. SHunday qilib, gen tushunchasi faqat DNKni kodlanuvchi uchastkasi bilan cheklanmaydi, balki o‘z ichiga regulyator ketma-ketligini olgan keng miqyosdagi konsepsiyani qamrab olgandir. Genomning o‘lchamini (DNK uchastkalarining uzunligini) odatda ming (yoki million) juft nukleotidlarda hamda morganidlarda ko‘rsatishadi. Keyingi usul genlarni ulanishini taxlil qilishga asoslangan: genlar orasidagi masofa 1 santimorganid (0,01 morganid) bo‘lganda ular o‘rtasidagi krossingover ehtimolligi meyozda 1%ga teng bo‘ladi. Tirik oragnizmlarning genomlari – viruslardan to hayvonlargacha – o‘lchami bo‘yicha 6 darajaga farq qiladi: bir necha ming juft asosdan bir necha milliard juft asosgacha. Genlarning soni bo‘yicha diapazon ancha qiska: oddiy viruslarda 2-3 gendan va ba’zi bir hayvonlarda 40 ming gengacha bo‘ladi. Genomning o‘lchami va genlarning miqdoriga qarab genomlar 2ta sinfga bo‘linadi. 1) katta bo‘lmagan kompakt genomlar, ular odatda 10 million juft asosdan ko‘p bo‘lmaydi. 2) katta o‘lchamdagi genomlar, ularning tarkibi 100 million juft asosdan ko‘p bo‘ladi. Genomikaning 5ta bo‘limi mavjud: 1) Strukturaviy genomika, 2) Funksional genomika, 3) Solishtirma genomika, 4) Evolyusion genomika va 5) Tibbiyot genomikasi. Mamlakatimiz seleksionerlarining ulkan yutuqlari Saxovatli zaminimizda yetishtirilayotgan noz-ne’matlar butun dunyoga ma’lum va mashhur. Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qishloq xo‘jaligi tubdan isloh qilinib, g‘alla mustaqilligiga erishildi. Paxta yakkahokimligidan voz kechish uni yetishtirishni yanada takomillashtirish, yangi serhosil navlar yaratish, tola sifatini yaxshilash imkonini berdi. Dunyo bozorida mamlakatimizda yetishtirilgan paxtaga talab muntazam ortib borayotgani buning yorqin tasdig‘idir. 21 Talab yuqori bo‘lgan oppoq, tolasi uzun va pishiq paxta navlarini yetishtirishni maqsad qilgan mamlakatimiz olimlari bu boradagi ishlarga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Paxtaning turlari ko‘pligiga qaramasdan, yetishtirilayotgan g‘o‘za navlari genetik xilmaxilligining cheklanganligi dunyo paxtachiligining global muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon seleksionerlari bir necha o‘n yillardan buyon o‘rta tolali g‘o‘za navini yaratish ustida ish olib bormoqda. Chunki ushbu nav tolasining har bir qo‘shimcha millimetri uning qiymatini oshiradi. Biroq tola sifatini yaxshilash jarayonida uning ertapisharlik xususiyati va hosildorligiga putur yetishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida o‘rta tolali paxtaning sifatini yaxshilash, gullashi va ochilishini tezlashtirish, shuningdek, hosildorligini oshirish oson emas. Ushbu vazifani hal etish ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadi. Mazkur muammoning hal etilishi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish barqarorligini, qisqa vegetatsiya davrida kichik ekin maydonlarida yuksak samaralarga erishishni ta’minlaydi. Shuningdek, xo‘jalik yuritish faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Aynan shu jihatlar olimlarimizni «yangi avlod innovatsion biotexnologiyasi»ni yaratishga undadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarining gen-hujayra injeneriyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani olimlarimizga g‘o‘za genomikasi va gen injeneriyasi sohasida olamshumul yangiliklar yaratish imkonini bermoqda.