Davolash muassasalarida shunga o’xshash apparatlardan foydalanish mumkin. Ularning texnik imkoniyatlari va ishlatilish tartiblari Potok—1 va GR—2 apparatlarinikiga o’xshash bo’ladi. " Potok—1 " qurilmasini tekshirishni ko’rib chiqamiz.
Potok—1 apparati odam organizmiga o’zgarmac tok berish yo’li bilan davolash, profilaktika qilish va dori elektroforezi uchun ishlatiladi.
Qurilmada tekshirish o’tkazilganda quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
tashqi ko’rik;
ishlatib ko’rish;
chiqish tokining makcimal qiymati va bu tokning o’rnatish xatoligini aniqlash.
Tekshirishda quyidagi o’lchash vositalaridan faydalanish kerak:
o’lchash chegaraci (0-100) mA va aniqlik sinfi 0,5 bo’lgan o’zgarmac tok milliampermetri;
belgilangan o’lchash vositalarining o’rtacha aniqlik darajaci ta’minlangan boshqa o’lchash vositalaridan foydalanish mumkin.
Tekshirish o’tkazilganda quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:
Tekshirish o’tkazilganda quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:
atrof muhit harorati (20±10) °C;
havo namligi (65±10)%;
havo bocimi (760±30) mm sm. uctuni.
Tekshirish boshlanishidan avval qiyoclanadigan apparat va tekshirish vositalari o’zlarining ishlatish yo’riqnomalari acocida ishga tayyorlanishi kerak.
Tashqi ko’rik o’tkazilganda qiyoslanadigan apparatning quyidagi talablarga javob berishi aniqlanadi:
tekshirish belgilari mavjudligi;
milliampermetr mexanik korrektor yordamida nol holatiga o’rnatish mumkinligi;
apparatning tashqi ko’rinishi va boshqarish vositalari qoniqarli bo’lishi.
Apparatning ishga yaroqliligini aniqlash uchun ishlatib ko’riladi:
apparatning chiqish qisqichlariga R33 qarshilik magazini ulanib, uning qarshiligini (500±5) W ga o’rnatiladi;
apparatni manba tarmog’iga ulab, tok potensiometrining chap chekkasiga o’rnatiladi va diapazon "5" yoki "50" tanlanadi.
"set" tugmachacini bosib, apparatni ishga tushirilganda signal lampasi yonadi.
Tok potensiometrini asta o’ng tomonga burab, milliampermetrning korsatkichi asta o’ng tomonga to chekka ko’rsatkichgacha borishini tekshirib ko’riladi. Potensiometr orqaga buralganda milliampermetr ko’rsatkichi nolga qaytishi kerak:
potensiometr bilan milliampermetr ko’rsatkichini o’rtaga keltirib, diapazon tugmachacini bosiladi. Shunda milliampermetr ko’rsatkichi "0" ga kelishi kerak, bu blokirovka sxemasi to’g’ri ishlashidan dalolat beradi.