Odam organizmi to’qimalari murakkab tuzilishga ega bo’lib tokni yaxshi o’tkazmaydigan oqsil kolloidlari, tokni yaxshi o’tkazadigan kaliy, natriy, kaltsiy, magniyning anorganik tuzlaridan iborat
ozgarmas tok bilan davolovchi galvanizatsiya va dori elektroforezi apparatlari
Odam organizmi to’qimalari murakkab tuzilishga ega bo’lib tokni yaxshi o’tkazmaydigan oqsil kolloidlari, tokni yaxshi o’tkazadigan kaliy, natriy, kaltsiy, magniyning anorganik tuzlaridan iborat.
Bu to’qimalar suyuqlik bilan mo’l ta’minlanganligi sababli, to’qima suyuqligi ham organik va anogranik tuz eritmalaridan iborat. Uning umumiy konsentratsiyasi 0,89—0,90% li osh tuzi eritmasiga to’g’ri keladi. Odam organizmi turli qismlarining 37°C haroratda o’zgarmas tokni o’tkazuvchanligi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan
Odam organizimining o’zgarmac tokni o’tkazuvchanligi
Bu to’qimalardan o’zgarmas tok o’tgan vaqtda uning qarshiligi o’zgaravchan tok o’tganidagidan ko’ra kattaroq bo’ladi. Galvanizattsiya usuli odam tanasining turli qismlariga zichligi uncha katta bo’lmagan o’zgarmas tok bilan ta’sir qilishga mo’ljallangan bo’lib, unda elektr toki maqsadga ko’ra turli o’lchamlarga ega bo’lgan elektrodlar yordamida uzatiladi. Bu elektrodlar qo’rg’oshin plastina yoki 98% uglerodli to’qimadman iborat bo’lishi mufnkin. Bu elektrodlarning terida hosil qiladigan reaksiyalarini oldini olish maqsadida ular bilan teri orasiga maxsus matolardan ishlangan fiziologik eritmaga bo’ktirilgan qavatli moslama («prokladka») qo’yiladi. Galvanizatsiya usuli bilan davolaganda elektrodlar orasida joylashgan to’qimalarda qon aylanish tezlashadi, moddalar almashuvi jarayoni yaxshilanadi