ozgarmas tok bilan davolovchi galvanizatsiya va dori elektroforezi apparatlari
Og’iz bo’shlig’ini galvanizatsiya usuli bilan davolovchi GR—2 apparati quyidagi texnik jihatlarga ega. Apparat 220±10%V, 50 Gs chastotali kuchlanishda ishlaydi. Maksimal tok 5mA ( 5 kOm yuk-lanish ulanganda), sarf qilish quvvati 15 VA. Bu apparat ham «Protok—1 singari past kuchlanish va tokli kuchlanish manbai hisoblanadi va chiqish toki o’zgaruvchan qarshilik yordamida tanlanadi. Chiqish va elektrodlarga beriladigan kuchlanish ishoralari knopkalar yordamida tanlanadi. GR—2 apparatining ham bir necha modifikatsiyalari ishlab chiqarilgan.