1.2. O‘quv faniing maqsadi va vazifalari.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga elektronikada ishlatiladigan elektron texnika materiallari va elementlarining asosiy xususiyatlari, ular asosida yaratiladigan elektron qurilmalarni, hamda ularni ishlab chiqarishning turli sohalarida qo‘llanishidan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- zamonaviy elektron texnika materiallarini olishda va mikroelektron asboblarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan texnologiyalar, texnologik jarayonlar hamda ularning elektrofizik parametrlariga, shuningdek tavsiflariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- zamonaviy elektron texnika materiallari hamda mikroelektron asboblarning asosiy hususiyatlari, fizika - kimyoviy xossalari, parametrlari va tavsiflarini, mikroelektron asboblarda ishlatiladigan materiallarni, ularning asosiy kattaliklarini EHMda hisoblashni hamda konstruksiya-lashning texnologik asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- elektron texnika materiallari va elementlari asosida ishlab chiqilgan va yaratilgan asboblarning texnik holatini baholashni, texnologik para-metrlarini rostlash va sozlash, ularni ishga tayyorlash hamda boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
“Elektron texnika materiallari va elementlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: materiallar,ularning xususiyatlari, ishlash qobiliyatini tiklay olishini, va amaliyotda qo‘llanishni, ularni tadqiq qilish va foydalanish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Bakalavr ushbu fanni o‘zlashtirishdan avval quyidagi fanlardan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak:
«Oliy matematika»,«Fizika».
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Informatika”, “Nazariy mexanika” fanlarini bilishga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: |