Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə50/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

5 - MARUZA.


Mavzu:Polimerlangan dielektriktriklar.
Polistrol ,polietilin.


Reja:
1. Plastmassalar
2. Sof polimerlar
3. Qatlamli plastmassalar

Tayanch so’z va iboralar:


Sof polimerlar, To‘ldirgichlar, Plastmassalarning elektrik xarakteristikalari, Lak shimdirilgan qog‘oz, Silindrlar va naylar, smola.


Bog‘lovchi moddalar — sintetik smolalar (rezol, epoksnd, kremniy-organik va boshqa smolalar). Ular to‘ldirgichlarga va plastmassalarning boshqa komponentlariga shimilib, ularga pastiklik xususiyatini beradi va plastmassa buyumlarning bir butun bo‘lishi ta’minlaydi.
Bog‘lovchilar termoplastik yoki termoreaktiv moddalar bo‘lishi mumkin. Termoplastik bog‘lovchi (polivinilxlorid va boshqalar) ishlatilganda plastmassa buyumlar ham termoplastik bo‘ladi, ya’ni muayyan temperaturaga qadar qizdirilganda yumshay boshlaydi, Termoreaktiv bog‘lovchilar (rezol, kremniy-organik va boshqa smolalar) buyumlarga termoreaktivlik xususiyatini baxsh etadi — buyumlar qizdirilganda yumshamaydi.
To‘ldirgichlar — kukunsnmon yoki tolali moddalar bo‘lib, tayyorlanadigan plastmassa buyumlarning mexanikaviy mustahkamligini oshirishga va hajmiy qisqarishkni kamaytirishga imkon beradi. Tolali to‘ldirgich zamburug‘lari va namlik ta’siriga barqarorligi bilan ajralib turadi.
Sof polimerlarga (polietilen, polivinilxlorid va boshqalarga) nisbatan ular asosida olingan plastmassalarning elektr izolyatsion xossalari birmuncha past bo‘ladi. Bunga sabab plastmassalarning mexanikaviy mustahkamligini va qizdirishga chidamliligini oshirish maqsadida polimerlarga bo‘yoqlar, to‘ldirgichlar va boshqa moddalarning qo‘shilganligidir. Plastmassalarning elektrik xarakteristikalari quyidagicha:
ρv =108— 1013 Om·m; ε = 5—8; tgδ=0,002—0,08 Em=5—25MV/m.
xarakteristikalari eng yaxshi bo‘ladi.
2.16. Qatlamli plastmassalar
Qatlamli plastmassalar qatlam-qatlam strukturali materiallardir. Bu plastmassalarda list holidagn to‘ldirgich (qog‘oz, ip gazlama yoki shisha to‘qima) va bog‘lovchi modda qatlamlari galmagaldan joylashgan bo‘ladi. Ulardan getinaks, tekstolit va shisha tekstolit eng ko‘p ishlatiladi.
Getinaks qatlamli list material, unda qalinligi 0,10—0,12 mm li shimdirilgan qog‘oz listlari to‘ldirgich vazifasini o‘taydi. Getnnaks ishlab chiqarish protsessi qog‘ozga bakelitli laklar shimdirish va keyin uni muayyan o‘lchamdagi listlar holida kesishdan iborat. Lak shimdirilgan qog‘oz listlari quritilgandan keyin presslanadigan buyum qalinligiga mos keladigan massada paketlarga yig‘iladi. Yig‘ilgan paketlar gidravlik presslarning qizdirilgan (160°S gacha) po‘lat plitalari orasida presslanadi. Qaynoq holda presslanganda suyuqlangan smola lak shimdirilgan qog‘oz listlarini yelimlab spishtiradi va suyuqlanmaydigan holatga o‘tadi. Presslash bosimi 5—9 MPa* bosim ostida tutib turish vaqti presslanadigan list qalinligining har 1 mm ga 2 dan 5 minutgacha bo‘ladi. Presslash protsessi tugagandan keyin olingan taxta va listlar sovitiladi. Pressdan olingandan keyin getinaks listlari va taxta-larining chetlari arralab tekislanadi. Listlarning yuzasi 550x700 da 930X1430 mm2 gacha bo‘ladi.
Getinaks qalinligi 0,2 dan 50 mm gacha bo‘lgan list va taxtalar holida tayyorlanadi; unnng I, P, III, IV, V markalari sanoat chastotasi uchun mo‘ljallangan (50 Gs) elektr uskunalarda ishlatish uchun, VI, VII va VIII markalari esa yuqori chastotada ishlatish uchun mo‘ljallangan.
V-1 va U-2 markali getinaks elektr mustahkamligi yuqori ekanligi bilan ajralib turadi, III va IV markali getinaksning namlik ta’siriga chidamliligi yuqori, I va II markali getinaksning esa mexanikavin mustahkamligi katta bo‘ladi.
Getinaksdan turli xil elektr izolyatsion yassi detallar va asoslar tayyorlashda foydalaniladi. Shuni hisobga olish kerakkn, getinaksning elektr yoy ta’siriga chidamliligi yuqori emas va bir necha uchqun razryaddan keyin uning sirtida o‘tkazuvchanlngi katta bo‘lgan uglerodlangan iz qoladi. Getnnaksga mexanikaviy ishlov berish oson — u qirqiladi, arralanadi, parmalanadi, uning ingichka tolali sortlari esa isitilgan holatda yaxshi shtamplanadi. Getinaksni 105°S dan yuqori bo‘lmagan temperaturalarda ishlatish mumkin (qizdirishga chidamlilik klassi A).
Tekstolit getinaksdan tarkibida to‘ldirgich sifatida ip gazlama bo‘lishi bilan farq qiladi. Tekstolit ishlab chiqarish getinaks ishlab chiqarnshdan uncha farq qilmaydi. Tekstolitning A, B va G markalari bo‘z hamda mitkal asosida, VCh markasi (yuqori chastotalar uchun) — shifon asosida tayyorlanadi.
Tekstolitning elektrik xarakteristikalari getinaksinikiga nisbatan birmuncha pastroq, lekin tekstolitning yorilishga (qatlamlari bo‘ylab) qarshiligi va zarbiy qovushoqlig‘i (20—30 kJ/m2 ga yetadi) katta bo‘ladi. Tekstolitga mexanikaviy ishlov berish oson, lekin getinaksdan ancha qimmat turadi. Tskstolit qalinligi 0,5 dan 50 mm gacha va yuzasi 450X600 dan 750X1000 mm gacha bo‘lgan listlar holida chiqariladi. Uning qizdirishga chidamliligi 105°S dan yuqori emas (klass A). Tekstolitning ham, getinaks singari, elektr yoy ta’siriga chidamliligi kam, chunki undagi bog‘lovchi modda bakelit smola elektr uchqunlar ta’sirida osongina uglerodga aylanadi.
Shishatekstolit tekstolitdan tarkibnda to‘ldirgich sifatida ishqorsiz elektr izolyatsion shisha to‘qima borligi bilan farq qiladi. Uning namlik ta’siriga va qizdirishga chidamliligi yuqori va elekgrik hamda mexanikaviy xarakteristikalari tekstolit va getinaksnikiga nisbatan yaxshi bo‘ladi, lekin unga ishlov berish qiyin. Shishatekstolitning bir necha markalarn tayyorlanadi: ST, STB — fenolformaldegid smola bog‘lovchi qo‘shilgan ishqorsiz to‘qimalar asosida, STEF va STEF-1 epoksid va kremniy-organik smolalar aralashmasini qo‘shib, STQ va STK-41U — kremniy-organik bog‘lovchi qo‘shib tayyorlanadi. Qatlamli plastmassalarning asosiy xarakteristikalari 8-jadvalda keltirilgan.
Yuqorida basnqilingan listlar va taxtalar holida tayyorlanadigan qatlamli plastmassalardan tashqari, silindrlar, naylar, presslangan sterjenlar va turli shakldagi detallar holida qatlamli o‘ralgan elektr izolyatsion buyumlar ham gayyorlanadi. Bu buyumlar uchun bir tomoni yelimlovchi lak bilan qoplangan qog‘oz, shuningdek, laklangan ip gazlama va shisha to‘qimalar ham ishlatiladi.
Silindrlar va naylar ko‘rinishidagi o‘rama buyumlar laklangan qog‘oz yoki to‘qimani diametri gayyorlanadigan buyumning ichki diametriga mos keladigan po‘lat gardishga o‘rash yo‘li bilan tayyorlanadi. Gardish qazdiriladigan ikkita valik ustiga joylashtiriladi va tepasidan qizdirilgan uchinchi valik bilan siqib qo‘yiladi. Qog‘oz yoki to‘qimaning lak qatlamidagi smola qizdirilgan po‘lat idishda suyuqlanadi va listlarni bir-biriga yopishtiradi. Buyumlarning qalinligi avtomatik moslamalar bilan nazorat qilib turiladi.
To‘ldirgich sifatida qog‘oz ishlatilg‘an silindr va naylar bakelitlangan qog‘oz buyumlar deyiladi. Ular diametri 10 dan 1200 mm gacha, devorining qalinlig‘i 1,5 dan 8,0 mm va undan qalin qnlib chiqariladi. Uralgandan keyin bu buyumlarga bog‘lovchining tarkibiga qarab 130—200°S temperaturada ishlov beriladi (pishiriladi). O‘rash paytidagi bosim list materiallarni (getinaks va boshqalar) presslashdagi bosimdan kam bo‘lganligi sababli silindr va naylarning zichligi kichikroq bo‘ladi. Pishirilgan silindr va naylar gardishdan ajratiladi va uchlari qirqiladi. Qirqilgan joylari laklanadi va buyum qaytadan pishiriladi.
7-jadval
Qatlamli plastmassalarning asosiy xarakteristikalari



Xarakteristikalar

Past chastota uchun
mo‘ljallangan getinaks I,II,III va V

Past chas-tota uchun mo‘ljallangan getinaks A, B, G

Bag‘lovchi smola asosida olingan shisha tekstolitlar

Fenol formalde-gidli

Kremniy – organik

Epoksid va kremniy - organik

Zichligi, kg/m3

1350-1450

1300-1400

1600-1700

1700-1800

1800-1900

Egilishdagi mustahkamlik chegarasi, N/m2

(800-1200)·105

(700-
1000) ·105

(950-1200) ·105

(1500-1700) ·105

(2000-
4200) ·105

Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, N/m2

(600-1300)·105

(350-600) ·105

(700-900) ·105

(900-
1290) ·105

(1750-
2500) ·105

Zarbiy qovushoqligi, kJ/m2

15-22

20-30

35-52

20-50

140-250

Issiqqa bardoshligi (Martens bo‘yicha), ºS

150-160

135-160

180-220

200-220

185-200

Solishtirma hajmiy qarshiligi, Om·m

108-1011

107-109

109-1010

1011-1012

1011-1012

Dielektrik singdiruvchanligi

6-8

6-7

5-7

5-6

6-7

Dielektrik isroflar burchak tangensi
(50 Gsda)

0,05-0,08

0,08-0,18

0,05-0,09

0,006-0,012

0,008-0,014



Bakelitlangan silindr va naylar asosan transformatorlar va elektr apparatlarning ichki izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. O‘ralgan buyumlarning mexanikaviy va elektrik xarakteristikalari presslangan plastmassalarnnkiga; getinaks, tekstolit va shisha tekstolitlarnikiga qaraganda birmuncha past bo‘ladi.

Adabiyotlar:


1)K.P.Bogorodiskiy, V.V.Pasinkov, “Elektrotexnicheskiy materiali”1985g


2)I.Xolikulov,M.M.Nishonova”Elektron texnika materiallari“ Toshkent shark 2006y
3)N.V.Nikulin, V.A.Nazarov ”Radiomateriallar va komponentlar “ Toshkent

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin