Tashkilotda o‘tgan 2022-2023-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hamda boshqaruv organlarining qaror va buyruqlarini ro‘yhatga olish va ularning ijrosini ta’minlash talab



Yüklə 366 Kb.
səhifə1/22
tarix02.06.2023
ölçüsü366 Kb.
#124085
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Jismoniy tarbiya hisoboti yillik


TOSHKENT VILOYATI MTTGACHA TA’LIM BOSHQARMASI
OHANGARON SHAHAR MTTGACHA TA’LIMI BO‘LIMI TASARRUFIDAGI
1-DAVLAT MTTgacha TA’LIM TASHKILOTI


__________________________________NING
YANGI O’QUV YILI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan ILK QAQAM davlat o‘quv dasturi asosida hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarori asosida ta’lim- tarbiya ishlari amalga oshirildi.


Shuningdek interaktiv ish shakllari orqali ota-onalarning ta’lim va tarbiya jarayoniga jalb etish va boshlang‘ich ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishni ta’minlash maqsadida asosiy qobiliyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutgan davlat dasturini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim va maktablarning uzluksizligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, o‘quv yili davomida ushbu masalalarga alohida yondoshildi.
Tashkilot jamoasi ushbu yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyuldagi 391-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomga hamda, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 155-sonli buyrug‘i asosida ta’lim –tarbiya ishlarini amalga oshirdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda belgilangan reja asosida barcha tashkiliy-pedagogik ishlarini bajarilishi ta’minlandi. Ushbu o‘quv yili davomida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi oshirildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida chiqarilgan buyruq va boshqa hujjatlar o’z vaqtida rasmiylashtirilib, ijrosi ta’minlandi. Chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amalgam oshirildi. Har chorakda maktabgacha ta’lim bo’limiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar topshirildi. Yillik rejaga kiritilgan pedagogik kengashlar, seminar va ochiq faoliyatlar o’z vaqtida o’tkazildi. O’tkazilgan ta’lim tarbiya jarayoniga oid bo’lgan tadbirlar jarayonida o’z ustimizda ishlab, faoliyatlarni noan’anaviy tarzda tashkil etish uchun o’quv yili davomida berilga tavsiyalar asosida ish olib borim. Yillik ish rejada olingan vazifalarning ijrosi yuzasidan hujjatlarning yig’ma jildlari shakllantirildi. Pedagogik kengashlar turli noana’anaviy hamda an’anaviy usullarda tashkil etildi. Yillik ish rejaga olingan asosiy vazifalar pedagogik kengash va seminarlar, maslahatlar, ishlab chiqarildi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha guruhlarida “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida ta’lim – tarbiya ishlari olib borildi. Guruhlarda ta’lim samaradorligini oshirish ishlari faoliyatlarni ko’rgazmali va didaktik materiallar asosida tashkil etish ishlari qattiq nazoratga olindi.


O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida har bir yosh guruhi kesmida tuzildi. Rejada o‘quv yili davomida har bola uchun asosiy harakat turlari bo’yicha mashqlar va harakatli oyinlar nomi belgilandi.

Yüklə 366 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin