Solishtirma elektr korishligini yukori bulgan kotishmalar Bu o‘tkazgich materiallar guruxining asosiy namoyandalari manganin va konstantadir.
M a n g a n i n – 85-89% mis, 2-3% nikel va 11-13% marganes aralashmasidan tashkil topgan kotishma. Manganin solishtirma karshiligi yukori bulgan xamma kotishmalar katori, tartibsiz kristall tuzulishiga ega. Manganin tuk zargaldok rangda, zichligi 8400 kg/m3, erish temperaturasi 960°S, KTR (TKK) = 18 · 10-6 1/°S.
Manganindan yasalgan buyumlarning asosiy xarakteristikalari: yumshok manganin uchun σr = 400 ÷ 550 MPa; εr=10-25%; ρ=0,42-0,47 mk Om·m; kattik manganin uchun σ = 550÷558 MPa; εr = 5- 9%; ρ = 0,47÷0,52 mk Om·m; TKρ = (1÷3)·10-5 1/0S. Manganinning solishtirma elekgr karshiligi 1,5-2 mkOm.m gacha orttirish uchun uning tarkibiga mis mikdorini kamaytirish xisobiga 60-67% marganes, 16-30% nikel kiritiladi.
Manganindan ishlangan buyumlarning afzallik tomonlari shundaki, uning solishtirma elektr karshiligi temperaturaga juda kam boglik, shuningdek manganin mis bilan kontaktlashtrilganda termo-e.yu.k juda kichik (0,9-1 mk V/0S) buladi.
Manganin buyumlarning elektr xarakteristikalarini barkarorlashtirish uchun unga vakuuumda 4500S temperaturada termik ishlov beriladi va sungra xona temperaturasida uzok muddat ushlab turiladi, natijada kotishmaning bir jinsliligi oshadi va uning xossalari barkarorlashadi. Barkarorlashtirilgan manganindan yasalgan buyumlar uchun yul kuyiladigan ish temperaturasi 2000S ga, barkarorlashtirilmagan manganin buyumlar uchun 60-800S ga teng.
Temperatura bundan oshib ketganda manganin buyumlarning xossalari kaytmas darajada uzgaradi.
Manganindan yumshok (PMM) va kattik (PMT), diametri 0,02-6 mm bulgan simlar va kalinligi 0,08 mm gacha, kengligi 270 mm gacha bulgan o‘tkazgich tasmalar ishlab chikariladi. Bundan tashkari manganidan emal izolyatsiyali (PEVMM va PEVMT), tabiiy ipak izolyatsiyali (PShDMM va PShDMT) emal va bir kavat tabiiy ipak izolyatsiyali (PEShOMM va PEShOMT) chulgam simoari ishlab chikariladi. Yukori klassdagi rezistorlar tayyorlash xam manganin sim kulaniladi.