Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə72/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

K o v a r – nikel (massasi buyicha 28,7-29,2%), kobalt (17,3-18%) va temir (kolgan kismi) lar kotishmasi. Kovarning uziga xos xususiyati shundan iboratki, uning KTR=(4,3÷5,4) /· 10-6 10S 20-2000S temperatura oraligida shisha va keramika (chini) ning KTR iga yakin bulad. Uning bu xususiyati uni shisha va chiniga germetik kavsharlash imkonini beradi.
Kovarning zichligi 8350 kg/m3, suyuklanish temperaturasi 14500S, solishtirma elektr Bilan yaxshi payvandlanadi, plastik material shu tufayli undan diametri 0,2-3 mm bulgan sim olish, kalinligi 0,1-2,5 mm va kengligi 70-250 mm bulgan tasma tayyorlash mumkin. U integral sxemalar (IS) va yarim o‘tkazgich asboblarning korpuslarini tayyorlashda kullaniladi. Korroziyaning oldini olish maksadida shakldor buyumlarning chikik kismlari optimal temperaturada kuydirib yumshatiladi.
A l yu m i n i y - misdan keyingi urinda turadigan o‘tkazgich materialdir, chunki uning elektr utkazuvchanligi nisbatan yukori va atmosfera xavosida korroziyabardosh xisoblanadi. U yeng yengil metallar katoriga kiradi. Uning zachligi 2700 kg/m3, ya’ni u misdan 3,3 marta yengildir. Aluminiy suyuklanish temperaturasi 6580S bulgan kumushrang ok metall – u uzining yumshokligi va nisbatan kichik mexanik chuzilish mustaxkamligi (δr = 80-180 MPa) bilan fark kiladi. Bundan tashkari, aluminiyning KTR si misga nisbatan kattarok KTR = 24·10-6 1/0S. Bu xususiyati aluminiyning kamchiligi xisoblanadi.
Aluminiy xavoda aluminiy oksidining (Al2O3) yupka pardasi bilan tezda koplanib koladi, bu parda xavodagi kislorodning aluminiyga kirib kelishidan saklaydi. Shu bilan birga bu katlamning elektr karshiligi juda katta bulib, aluminiy simlarning namdan ximoyalanmagan ulanish joylarida utish karshiligini oshirib yuboradi.
Aluminiy sim bilan boshka turdagi metall o‘tkazgichlarning ulanish joylarida namlik tufayli galvanik juftlar paydo buladi. Bunda maxalliy galvanik toklar ta’sirida aluminiy sim yemiriladi. Galvanik juftlar xosil bulishiga yul kuymaslik uchun ulanish joylariga namlik utmaydigan kilib ximoyalanadi (masalan, loklanadi). Aluminiyning ximiyaviy sofligi kancha yukori bulsa, uning korroziyaga karshiligi shuncha yukori buladi.
Sanoatda sofligi turli darajada bulgan un uch xil markada aluminiy ishlab chikaradi. Aloxida soflikka ega bulgan aluminiy markasi tarkibida aralashmalar (temir, kremniy, rux, titan va mis) 0,001 – 0,05% dan ortmaydi. Aluminiyning bu markalaridan elektrolitik kondensatorlarning elektrodlari, shuningdek aluminiy folgasi ishlab chikariladi. Aluminiy simlari tarkibida 0,315-0,5% aralashmalar bulgan aluminiydan tayerlanadi. Aluminiy simlari 0,008 – 8 mm gacha diametrlarda va chuzilish mustaxkamligi bilan farklanuvchi uch xil kurinishda: yumshok (AM), urtacha kattik (APT) va kattik (AT) ishlab chikariladi.
Yumshok aluminiydan tayerlangan buyumlar uchun: σr ≈ 80MPa: yer = 10 – 25%: ρ = 0,028 mkOm · m urtacha kattik aluminiy uchun, σr ≈ 100 MPa: yer = 3%; ρ = 0,0282 mkOm · m: kattik aluminiy uchun, σr ≈ 100 – 180 MPa; yer = 0,5 – 2%; ρ = 0,283 mkOm · m. Aluminiyning xamma markalari uchun TKρ – solishtirma karshilik temperatura koeffitsienti 0,00423 1/°S ga teng deb kabul kilinadi.
Aluminiy simlarni boshka o‘tkazgichlar bilan issik yeki sovuk payvandlash, shuningdek maxsus kovshar va flyuslar yerdamida kavsharlash mumkin. Sovuk payvand payvandlanuvchi sirtlar bir-biriga ≈ 1000 MPa bosim ostida tegib turganda maxsus kurilmalar yerdamida amalga oshiriladi. Aluminiy listlari mikrosxemalar, shassilar, elektrodlar va boshkalarning ekranlari va giloflari uchun ishlatiladi.
K u m u sh xona temperaturasidagi xavoda oksidlanmaydigan nodir metallar katoriga kiradi. Kumush 200°S va undan yukori temperaturada tez oksidlana boshlaydi. Kumush zar va 0,01 mm gacha diametrli sim olishga imkon beruvchi yukori plastikligi bilan va juda yukori elektr utkazuvchanligi bilan ajralib turadi.
Kumushning asosiy xarakteristikalari: zichligi 10500 kg/m3; suyuklanish temperaturasi 960,5°S; yumshok kumush σr = 150 – 180 MPa; yebuz = 45 – 50%; ρ = 0,0150 mk Om · m; kattik kumush - σr = 200 - ÷ 300 MPa; εr = 4 – 6%; ρ = 0,0158 mk Om · m; TKr = 0,003691°S, KTR = 19,3 · 10-6 1/°S.
Kumushdan 250°S gacha temperaturalarda ishlatiladigan radiomontaj mis simlariga ximoya katlamlari kilinadi. Elektr utkazuvchanlik darajasini oshirish maksadida tulkin o‘tkazgichlarning ichki sirtiga kumush yuritiladi, shuningdek REA larning tok utkazuvchi kismlarini kavsharlashda ishlatiladigan kavsharlar (PSr, Yu, PSr 50) tarkibiga xam kumush kushiladi.
O l t i n kumushdan farkli ularok, yukori temperaturalarda xam xavoda oksidlanmaydi. Uning plastikligi juda yukori bulib, undan 0,005 mm gacha kalinlikdagi zarkogoz va 0,01 mm gacha diametrli ingichka sim olish mumkin.
Oltinning asosiy xarakteristikalari: zichligi 1930 kg/m3; su; yuklanish temperaturasi 1063°S; σr = 140 – 160 MPa; yer = 40 – 55%; ρ = 0,0224 mk Om · m; TKr = 0,00381/°S; KTR = 14,2 · 1061/°S.
Oltin mikrosxemalarda kichik toklarni kommutatsiyalashda yupka plenkasimon kontakt koplari uchun ishlatiladi, shuningdek tulkin o‘tkazgichlar va UYuCh rezonatorlarning ichki sirtlarini koplashda kullaniladi.
X r o m kumushsimon kul rang metall, u xavoda xona temperaturasi sharoitida juda sekin oksidlanadi. Kanday usulda olinganligiga karab xrom ikki xil kristall tuzilishda buladi: xajmi markazlashgan kub yeki zich geksagonal kurinishda.
Xrom kiyin suyuklanadigan metallar guruxiga taalluklidir. Uning suyuklanish temperaturasi tuzilishi va tarkibidagi aralashmalar mikdoriga boglik ravishda 1800 – 1903°S oraligida buladi. Xrom vakuumda bundan pastrok temperaturada (1200°S) buglanadi. Uning zichligi 7180 kg/m3.
Xrom shishaga, sitallga va chinni (keramika) ga yaxshi adgeziyalanadigan metall bulgani uchun undan yupka plenkali mikroelektron sxemalarda tushama Katlam sifatida keng foydalaniladi. Xrom katlamiga vakuumda, elektr utkazuvchanligi yukori, ammo mikrosxemalarning tushama dielektriklarga yaxshi adgeziyalanadigan metall (kumush, oltin, mis va boshka) changlatiladi.
Bundan tashkari, xrom yupka plenkasimon rezistorlar olish uchun keng kullaniladi, chunki uning solishtirma elektr karshiligi ancha yukori ρ = 0,25 – 0,30 mkOm · m (monolit metall). Mikrosxemalardagi xrom plenkasi sirt karshilikka ega: Rٱ = 100 – 500 Om/ٱ.

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin