Elektronika va sxemalar



Yüklə 4,23 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,23 Kb.
#208858
E va SXEMA prezentatsiya

Elektronika va sxemalar

Mavzu: Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi.

  • Elektr o‘tkazuvchanlik, ya’ni elektr kuchlanish ta’sirida moddalardan elektr tok o‘tkishi uning elektr maydonga nisbatan asosiy xususiyatini belgilaydi. Bu kattalik qiymat jihatdan Om qonunining differensial ko‘rinishi bo‘lib, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik bilan bahonalanadi.

bilan baholanadi

Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi.

  • Yarimo‘tkazgich materiallar tuzilishi kimyoviy elementlar davriy sistemasi asosida tushuntirilishi mumkin. D.I. Mendeleyev davriy sistemasining bir qismi 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Davriy sistemaning IV guruh elementlari qattiq holatda mono-atom (sodda, elementar) yarimo‘tkazgichlardir. Germaniy va kremniy olmossimon kristall panjaraga ega bo‘lib, ularning har bir atomi tasavvurdagi tetraedr uchlarida o‘zidan baravar uzoqlikda joylashgan (ekvidistant) to‘rtta qo‘shni atom bilan o‘ralgan.

Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi.

  • Qattiq jism ko‘p sonli o‘zaro ta’sirlashuvchi atomlar majmuidan iborat. Shuning uchun bir parcha qattiq jismdagi barcha atomlar majmui yagona tizim sifatida tasavvur etiladi. Qattiq jismda atomlarning o‘zaro bog‘lanishi ularning valent elektronlari juftlashib umumlashishi hisobiga amalga oshadi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deb ataladi.

Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi.

Qattiq jismda qo‘shni atomlar bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lgani

  • uchun energetik sathlar siljishi va parchalanishi yuzaga keladi, natijada, ruxsat etilgan zona deb ataluvchi energetik zonalar hosil bo‘ladi. Ruxsat etilgan zonalar orasida taqiqlangan zonalar joylashadi. Energetik zonada ruxsat etilgan sathlar soni kristalldagi atomlar soniga teng. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda, bir necha elektron-voltni tashkil etadi. Ruxsat etilgan zonadagi minimal energetik sath (WS) – zona tubi deb, maksimal sath (Wυ) esa – zona shipi deb ataladi.

Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi.

Bir jinsli yarimo‘tkazgich materiallar –arsenid galliy (a) va kremniy (b)da valent zona shipi (Wυ) va o‘tkazuvchanik zona tubi (WC) ning energetik o‘rinlari hamda arsenid galliy (v) va kremniy (g)da Wυ va WC qiymatlarining to‘lqin vektori k ga bog‘liqligi.

Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi.

Ikki yarim o‘tkazgichda n-p o‘tish hosil bo‘lish sxemasi: ap va n – tipdagi yarim o‘tkazgichlarning qo‘shilishi; b – ikki yarim o‘tkazgich chegarasida ikkilangan elektr qatlamining hosil bo‘lishi; 1 va 2 – metall elektrodlar

Etiboringiz uchun raxmat.


Yüklə 4,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin