Elektronika va sxemotexnika



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/16
tarix14.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#113554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Kurs ishi 2 sanagichlar sxematexnikasi

Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun huquqiy, ma‘muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralar qo‘llaniladi.
Davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta‘minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda.
XXI asrda shaxs. jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologjyalarining ro‘lni ortishi natijasida O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatmi axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlkni ta‘minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o'rin egallashini belgilaydi:

    • milliy manifaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot vа axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi;

    • inson va uning huquqlari. axborot va axborot tizimlari hamda ulrga egalik qilish - bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari. shu bilan birga jami xavfsizlik sohalaridagi xavfsizlik obyektinning asosiy elaementlaridir.

    • axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfzlik masalalarini hal etish mumkin;

    • milliv xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tasifiga ega.

Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog'laydi. Bunda axborot xavfsizlig tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil euvchilarini yaxlit bir butunlikka birktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeni belgilaydi. Axborot sohasidagi O'zbekistonnig milliy manifaatlarini, ularga erishishining strategik yo'nalishlarini va ulami amalga oshirish tizimlarini o'zida aks ettirvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat asborot siyosati mamlakatning tashqi vа ichki siyosatining asosiy taihkil eravchisi hisoblanadi va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi
Axborot xavfisligining zатоnaviу konsepsiyasi axborot xavfsizligini ta'minlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo'nalishlar bo'yicha rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi.
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari keltirlgan:



6 Каримов.И.А. Мамлакатимизда демократик ислохотларни янада чукирлаштириш ва фукаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси.-Т.,2010.

  • axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma'lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va boshqa turdagi tarqalishi chegaralangan ma'lumotlani qo'riqlash ma'nosida);

  • kompyuter xavfsizligi yoki ma'lumotlar xavfsizligi - kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruhsat etilganligini va konfedensiyaligini ta'minlovchi apparat vа dasturiy vositalar to'plami, axborotdan mualiflashtirilmagan foydalanishdan himoya qilish choralari;

  • axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo'llab quvvatlovchi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan tabiiy yoki sun'iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan ta'sir etishlardan axborot va uni qo'llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganli:

  • fuqarolar, alohida guruhlar va ijtamoiy qatlamlar, umuman olganda aholining yashash faoliyati ta'lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo'lgan sifatli axborotga bo'lgan talablarining himoyalanganligi.

Turli axborot tizimlarida foydalanuvchilar xizmat ko’rsatuvchi personal hisoblanib, axborot manbai va tashuvchilari bo’lishi mumkin.Shuning uchun himoya ob‘ekti tushunchasi keng ma‘noda talqin etiladi. Himoya ob‘ekti deganda nafaqat axborot resurslari, apparat va dasturiy vositalar, xizmat ko’rsatuvchi personal va foydalanuvchilar, balki bino hamda u joylashgan hudud ham tushuniladi.
Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob‘ektlariga quyidagilar kiradi:

  • davlat sirlari bilan bog’liq va konfedensial ma‘lumotlarni o’zida saqlovchi axborot resurslari;

  • vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy dasturiy ta‘minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va ma‘lumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so’zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, ko’paytirish vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma‘lumotlarni qayta ishlash vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi tizim va vositalar. Bunday tizim va vositalarni ko’pincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash texnik vositalari deb atashadi.

Tizim xavfsizligini ta‘minlashning aniq mexanizmlarini tanlash qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 4-fevral kuni e‘lon qilingan ―O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligini tashkil etish to’g’risida‖gi Farmoniga7 ko’ra ―Axborot xavfsizligini ta‘minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora- tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo’yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish‖ ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta‘sirlardan axborot va uni qo’llab-quvvatlab turuvchi infratuzilmaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta‘sirlar axborot munosabatlariga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni ta‘minlovchi infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida8 axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini ta‘minlash borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi.

  • axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo’lib, bunda axborotga ruxsat, faqat tegishli huquqqa ega bo’lgan subyektlargagina beriladi.

  • axborotning butunligi – axborotda hech qanday o’zgartirishlar bo’lmagan yoki o’zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo’lgan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan axborotning holati.

  • axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan subyektlarning, uni amalga oshirishga to’siqlar mavjud bo’lmagan holati.





7 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №5. – 52-м.
8 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2003. – № 1. – 2-м.

    1. Yüklə 0,71 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin