Elektronika va sxemotexnika



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə12/16
tarix14.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#113554
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kurs ishi 2 sanagichlar sxematexnikasi

Huquqiy himoya – axborotni himoyalash bo’yicha subyektlarning munosabatlarini tartibga soluvchi, amalda joriy etuvchi hamda ularning bajarilishini nazorat qiluvchi qonunchilik va normativ-xuquqiy hujjatlar asosida axborotni huquqiy usullar bilan himoyalashdir. Axborotni huquqiy himoyalash choralariga O’zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Axborotga murojaat qilish qoidalari, axborot munosabati qatnashchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, qonunchilik talablari buzilgan hollarda javobgarlik qonunchilik darajasida ko’rib chiqiladi va tartibga solinadi.
Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo’lib kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet firibgarlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron josuslik (ayg’oqchilik), hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli harakatlarni o’z ichiga oladi. To’g’ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o’sishiga jiddiy to’sqinlik yaratish mumkin. Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o’rganish bo’yicha axborotga ega bo’lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan bosma nashrlar erkin tarqatiladi (misol uchun yoshlar orasida ommalashgan «Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin). Hozirgi kunda ixtiyoriy o’spirin arzimagan pulga axborot tizimlariga hujum qilishning elementar usullarini o’rgatuvchi kitobni sotib olishi mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o’zlashtirgan bunday o’spirin kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin.
Internetda kompyuter buzg’unchiligini o’rgatuvchi ko’plab saytlar mavjud. Internet tarmog’ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo’yicha malaka
almashishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o’tkaziladi. Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o’z malakasini oshirish ustida faol ish olib borishadi, o’z qatoriga o’sayotgan avlodlarni jalb qilib, ularni o’qitishadi. Bularning barchasi deyarli legal (ochiq) ravishda amalga oshirilmoqda. Bu holatlar dolzarb va muhim bo’lgan yana bir masalani yechishni – jinoyat olamiga yoshlarning kirishiga qarshi kurashish va yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali usullarini yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etishga qarshi immunitetni hosil qiluvchi yuqori axloq-odobni shakllantirish bilan uyg’unlashgan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’rgatuvchi ta‘lim-tarbiyaning usullarini yaratish ta‘limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin:
- nazariy bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak mahalliy sharoitlarda ish yuritishning amaliy ko’nikmalarini olishga yo’naltirish kerak;

kerak.


  • asosiy e‘tibor xavfsizlikni ta‘minlash masalalariga qaratilishi

Axborot xavfsizligi borasida O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi



muhim o’rin egallaydi. Ushbu kodeksning ―Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar‖ deb nomlanuvchi XXI bobida axborot texnologiyalari sohasida sodir etiluvchi jinoyatlarga jazo belgilab qo’yilgan. Axborotlarni kriptografik himoyalash borasidagi masalalarni tartibga solish 2007-yil 3-apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PQ-614 sonli qarorida16 o’z aksini topgangan bo’lib, unga ko’ra ushbu sohada O’zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati mas‘ul organ hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi ―O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda axborot xavfsizligi masalalarini yechish borasida muhim tashkiliy qadam bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi 250-sonli qarori17 bilan, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida,



16 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – № 14. –140-м.
17«Ўзбекистон Республикасининг Ахборот технологиялари ва коммуника-ияларини ивожлантириш вазирлиги ҳузуридаги «Электрон ҳукумат» тизимини ривожлантириш маркази ҳамда Ахборот хавфсизлигини таъминлаш маркази фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарор // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2013. – №38 – 492- м.;2015. – №26. – 338-м.

maxsus markazlar – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda
«Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ni tashkil etish belgilangan. Ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi Nizom qabul qilingan. «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning asosiy vazifalari biri etib qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi farmoniga asosan «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi» tashkil etildi. Mazkur farmon bilan yurtimizda axborot xavfsizligini ta‘minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbir￾larini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo’yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish kabi masalalar ushbu vazirlikning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo’nalishlari sifatida belgilab qo’yildi.Bugungi kunda mamlakatimizda axborot xavfsizligi sohasida yagona konseptual hujjatni yaratish zamon talabidir. Bunday hujjat axborot xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha ishlarni, ushbu sohada yagona standartni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini yo’naltirishga, shuningdek, mazkur sohada kadrlar siyosatini rivojlantirishning zaruriy choralarini aniqlashga imkon yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi 250- sonli qarori18 bilan, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markazlar – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ni tashkil etish belgilangan. Ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda
«Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi Nizom qabul qilingan. «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning asosiy vazifalari biri etib qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish belgilangan.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi farmoniga asosan «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi» tashkil etildi. Mazkur farmon bilan yurtimizda axborot xavfsizligini ta‘minlash va



18 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2000.
kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo’yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish kabi masalalar ushbu vazirlikning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo’nalishlari sifatida belgilab qo’yildi.Bugungi kunda mamlakatimizda axborot xavfsizligi sohasida yagona konseptual hujjatni yaratish zamon talabidir. Bunday hujjat axborot xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha ishlarni, ushbu sohada yagona standartni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini yo’naltirishga, shuningdek, mazkur sohada kadrlar siyosatini rivojlantirishning zaruriy choralarini aniqlashga imkon yaratadi.

    1. Yüklə 0,71 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin