Elektronika va sxemotexnika


Axborot xavfsizligi sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlashda milliy g`oyaning ustivorligi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə14/16
tarix14.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#113554
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kurs ishi 2 sanagichlar sxematexnikasi

Axborot xavfsizligi sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlashda milliy g`oyaning ustivorligi.


О’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlab о’tganidek, «Jamiyatni ma‘naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millataro totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi kо’p-kо’p muhim masalalardan iborat»31.
Bu ulkan vazifalarni ma‘naviyatimizni milliylik asosida boyitib borsakkina amalga oshirishimiz mumkin bо’ladi. Islom Karimov о’z asarida mamlakatimizda milliy ma‘naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustivor vazifa ekanligiga e‘tiborni qaratib quyidagi konseptual g’oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, sо’ngra ma‘naviyat tо’g’risida о’ylash kerak deydiganlar haq bо’lmasa kerak. Ma‘naviyat – insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yо’q joyda hech qachon baxt-saodat bо’lmaydi...» Bugungi kunda nafaqat О’zbekistondagi yoshlar ongida ma‘naviy bо’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur32.O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta‘kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma‘lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.
Muhofazaga ehtiyoj. Bugungi kunda turli ko’rinishdagi (iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa, axborot, ekologik) xavfsizlikka tahdid bor ekan muhofazaga ham ehtiyoj muqarrar. Zero, Yurtboshimiz: «Shuni esda tutishimiz kerakki, butun tarix tahdidlar va ularni daf etishdan iborat», deb ta‘kidlagani bejiz emas, albatta. Ulug’ alloma Abu Nasr Forobiy ham bu borada: «Davlatni aql-idrok bilan boshqarish, xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir» — deb yozgandi. Shu ma‘noda, axborot, axborot resurslari, kompyuter tarmoqlari va





31 Islom Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi -xalq e‘tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.Toshkent,
«O’zbekiston, 2000y, 23-24 betlar».
32 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma‘naviyat, 115-bet.
korporativ tizimlarga nisbatan xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish masalasi — bugungi kunda yanada dolzarb hisoblanadi. Negaki, har qanday korxona (tashkilot, muassasa, birlashma, kompaniya)ning samarali faoliyat ko’rsatishi moddiy, tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslar bilan kafolatlanmaydi. Ulardan qanday qilib oqilona foydalanish uchun sohadagi texnologiyalar to’g’risida yetarlicha, axborotga ega bo’lish ham talab etiladi. Zotan, axborot qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradigan yagona resurs hisoblanadi. Shuning uchun ham nafaqat xorijda, balki respublikada ham axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda.
Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlash hozirgi kunning dolzarb talabidir. Har bir davlat buning ustida bosh qotirmoqda. Bu jahondagi yangi geosiyosiy taqsimot, yangi mintaqaviy nizolarning yuzaga kelishi, millatchilik, shovinizm, din niqobidagi ekstremizm, ekologik halokatning tahdidi kuchayishi, spid, parranda gripi va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan bog`liqdir. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi O`zbekiston Respublikasi uchun ham mazkur muammolar muhim ekanligini alohida ta`kid etadi. Buning dolzarbligi davlatimiz uchun milliy mustaqillikni yanada mustahkamlash, iqtisod va bozor munosabatlarini tadrijiy rivojlanishini ta`minlash, ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirishda yaqqol ko`rinadi. Bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, milliy an`analarni hayotga qaytarish, murosasozlikni tarbiyalash ham katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, mustaqil dunyo qarashga ega ma`lumotli kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik ko`rsata oladilar. Bu birinchidan. Ikkinchidan, mana shunday kishilargina tegishli muhit yaratishlari va milliy g`oyalarning darg`alari hisoblanadi. Mana shuning uchun ham mazkur muammolarni o`rganishda axborotning shakli va mohiyati; axborot xavfsizligini ta`minlash; ochiq axborot tizimlarining o`ziga xosligi; shaxs, jamiyat va davlat axboriy- psixologik xavfsizligini ta`minlash manbalari va turlari; axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta`minlashning ahamiyati va tamoyillari; OAV va axboriy qarama-qarshilik; axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlashda asosiy yo`nalish va usullar; ochiq axborot tizimlarda shaxsning o`z-o`zini himoya qilishi; jamoatchilik fikri va jamiyat axboriy-psixologik xavfsizligi; O`zbekiston OAV lari va jamiyatning psixologik xavfsizligi kabi mavzularni chuqurroq o`rganish talab etiladi. Yuqorida sanab o`tilgan mavzularni o`rganishda axborot, axboriy xavfsizlik, milliy manfaatlar, axborot sohasidagi milliy manfaatlarga bo`lgan xavf, manbalari, jamoatchilik fikri, ochiq axborot tizimlari, globallashuv, axboriy qarama-qarshilik, axboriy-psixologik kurash, OAVlari, onglilik, idroklash, aks ettirish manikulyattsiya qilish, psixologik qo`poruvchilik, ijtimoiy targ`ibot, jamoatchilik ongi, insonni xufiyona boshqarish va boshqalarga alohida e`tibor qaratish joiz. Psixologiya, sotsialogiya, falsafa, OAV nazariyalaridan olingan bu
tushuncha va terminlar fanni chuqurroq tushunishga, uning asosiy mazmunini, usullari va yo`sinlarini, ya`ni ochiq axborot tizimlarida foydalanayotgan usullarni idrok etishga, demak, ijobiy g`oyalarni salbiy g`oyalardan farqlay olishga ko`maklashadi. Ma`lumki, har qanday dalil, hodisa yoki voqea turlicha talqin etilishi mumkin, shunga bog`liq tarzda auditoriya tomonidan qabul etilishi ham mumkin. Shuning uchun avval boshidanoq, tushunchaviy apparatni belgilab olish, uni sharhlash lozim, shundan kelib chiqqan holda biror hodisa yoki voqeani biz qanday idrok etishimiz va talqin qilishimizga e`tibor berishimiz darkor. Jamoatchilik fikri, bu hozirgi payt uchun dolzarb bo`lgan turmush muammolariga kishilarning munosabatini ifoda etuvchi ijtimoiy ong shaklidir. Aslida tezkor bo`lgan ongning bu shakli yuqori darajada jamiyat turli institutlari tomonidan ko`rsatilayotgan ta`sir ostidadir, demak, bu manikulyativ ta`sirga ham chalingandir. Jamoatchilik fikrini manikulyattsiya qilish (ya`ni, chalg`itish) muayyan maqsadni ko`zlab amalga oshiriladi. Bunda chalg`itish (manikulyattsiya) qilish tushunchasining nisbiyligi haqida aytib o`tish kerak, chunki istalgan tomon jamoatchilik fikriga har qanday ta`sirni chalg`itish (manikulyattsiya) deya baholashi mumkin. Shuni alohida ta`kidlash joizki, hozirgi jamiyatda yagona bo`lgan ijtimoiy fikr ehtimoldan yiroqdir. Demokratiyaning tamoyillaridan biri ham mana shudir. Milliy g`oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot ko`ndalang qo`yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo`layotgan g`oyaviy, ma`naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Uning mohiyati shundaki, u odamlar ongidagi, xotirasidagi g`oyaligicha qolmay amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g`oyasi bo`lishi mumkin. Shundagina u milliy ma`naviyatni va ma`naviy o`zlikni tashqi mafkuraviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi. Milliy istiqlol g`oyasining hayotimiz jarayoniga singib ketishini ta`minlash uchun esa, g`oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini sinchiklab o`rganishi kerak. Buning uchun dastavval, g`oya bevosita amaliyotga, amaliyot dasturiga aylanishi mumkinmi? Agar mumkin bo`lsa, bu jarayon qanday yuz beradi, degan savollarga javob topish kerak. Zamonaviy psixologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai nazaridan bu savolga «ko`pincha aylanmaydi» deb javob berish kerak. Chunki, inson ongida, miyasida o`nlab, yuzlab va hatto minglab g`oyalar bo`ladi. Ularning barchasi amaliyotga aylanaversa inson ham ma`nan, ham jismonan mayda bo`laklarga bo`linib, parchalanib ketishi kerak edi. Chunki, ayni bir inson ongida ayni bir paytning o`zida o`nlab turli xil, jumladan, diniy, axloqiy, siyosiy, ilmiy, badiiy va boshqa xil g`oyalar bo`lishi tabiiy. Ular bir-birlarini to`lg`azishi va ko`pincha bir-birlariga to`la mos kelmasligi mumkin. Natijada, shaxs bu g`oyalardan eng zarurlarini va o`zi eng to`g`ri, deb bilganlarini ajratib hayotga tadbiq qiladi. Ana shu tanlash, ya`ni g`oyaning amaliyotga o`tishidagi
muhim bosqichni to`laroq va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezonlarini aniqlab olish zarur. G`oyalarni saralashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng muhimlaridan biri, saralab olinayotgan g`oyaning shaxs manfaatlariga, ehtiyojlariga, ustanovkalariga, e`tiqodiga mosligidir.
О’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ma‘naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta‘kidlab о’tadiki: ―Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о’ta tor tushunish bо’lur edi, ya‘ni, bu о’rinda sо’z faqat bizning ma‘naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо’q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо’lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о’rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir‖. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо’lgani yо’q. I.A.Karimovning о’zi ham eslab о’tganidek, bizning ulug’ ajdodlarimiz barchasi ―о’z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig’idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо’st-birodar bо’lib yashashga‖ da‘vat etib kelganlar.
XX asrda dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bо‘ldi. XX asr sо‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan о’zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jо’g’rofiy-siyosiy ahamiyati va kо’lami jihatidan noyob о’zgarishlar rо’y bermoqda. Bu о’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar о’rtasidagi о’zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur о’ylab kо’rishni, balki kо’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq nurush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bо’lgan kо’p qoidalar, tamoyillar va g’oyalarni tubdan qayta kо’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog’liq tizim bо’lib bormoqda, unda о’zi - о’zidan qanoatlanishga va mahdudlikka о’rin yо’q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan о’zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qо’ymoqda»33.
Insoniyat tarixi – XXI asrga qadam qо’ydi. Mantiqan insoniyat о’tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bо’lishiga yо’l qо’ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchiligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bо’lib о’tdi. Xav- fxatarlarga jiddiy razm soladigan bо’lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni



33 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yо’lida. T.: 6. - T.: «О’zbekiston», 1998, 240-241 - betlar
qaram qilish siyosati yangi asrda yо’qolmaganini, balki о’zining shaklu shamoyilini о’zgartirganini tushunib yetamiz34. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, illiy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an‘ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni о’z ta‘siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan о’z manfaati yо’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»35. Aslida, suverenitet davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi tо’la mustaqillikni anglatadi. Aynan suverenitet muayyan davlat mustaqilligining birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa suverenitetning qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bо’la olmasligini anglatadi. Chunki suverenitet davlatning boshqa davlatlarga tobe bо’lmay, qaram bо’lmay yashashini, о’zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bо’ysunmay, mustaqil hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat suverenitetining о’rnatilishi mamlakatlar о’rtasida tenglik qaror topishini shartlab qо’yadi hamda mutelik, о’zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta‘zim-tavozega yо’l qо’ymaydi. Davlat suvereniteti mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zо’ravonliklarni inkor etadi36.
О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e‘tirof etilganidek, «О’zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish,kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zо’ravonlik о’tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz»37.Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm,«demokratiyani olg’a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g’arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma‘naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug’dirmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yо’llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne‘mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga tо’la, xalqi soddadil va mehnatkash О’zbekistonni о’z ta‘sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himya qili shva mustahkamlash О’zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan. Davlatlar suverenitetini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash,



34 Abbosxo’jayev, Umarova N., Qo’chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. – Toshkent, «Akademiya», 2007. 14-15-betlar.
35 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent, «O’zbekiston», 2000, 3-bet.
36 Abbosxo’jayev, Umarova N., Qo’chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. – Toshkent, «Akademiya», 2007. 16-bet.
37 Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat.//Xalq so’zi, 2005 yil 8 dekabr.
ularni tahdid manbai sifatida e‘tirof etmaslik insoniyat boshiga yana kо’plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g’oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.
Hozirgi voqelikda milliy istiqlol g’oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezoriyentatsiya, mafkuraviy qо’poruvchilik harakatlarini qо’llash orqali xalqimizda О’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg’otishga davlat siyosatini obrо’sizlantirishga, odamlarning о’zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov «Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bо’lgan odamlardagi e‘tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzg’unchi kuch, hatto, fanatizm (о’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini kо’rsatuvchi misollar kо’p. Aynan fanatizm illatiga yо’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik tо’lqinini keltirib chiqarishga qodir bо’ladilar»38, - deya alohida ta‘kidlaydi. Shuningdek, О’zbekistonning Markaziy Osiyodagi о’rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar О’zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta‘siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan chiqqanligi bu о’lka xalqi milliy xarakteri, ma‘naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qо’shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq о’rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, yengish va о’zlarining soxta g’oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar. Yoshlarni g’oyaviy ta‘sir kо’rsatish yо’li bilan о’z saflariga tortish masalasi vahhobiylar harakatida hamma vaqt ham asosiy о’rin olib keldi. Ularning qarashlariga kо’ra, yoshlarning bir marta о’qigan namozi keksalarning yetmish marta о’qigan namozidan foydaliroqdir. Islom esa о’z mohiyati jihatidan ijtimoiy hayotning ma‘naviy asosi bо’lganligi sababli, yoshlar turli ijtimoiy-siyosiy g’oyalar va da‘vatlarning, fan va texnika taraqqiyotining ta‘siriga berilishi mumkin emas. XXI asrda ham g’oyaviy tortishuvlar tо’xtamayapti. Shu bois xalqimizning ertangi mafkuraviy birligini ta‘minlash g’oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga qо’yilishini taqozo etdi.



38 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr b’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O’zbekiston, 1997. 326 b. 37-b.
XULOSA
Xulosa o`rnida aytadigan bo`lsak, hozirgi kunda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanib borishi iqtisodiyot, ta`lim, fan hamda boshqa sohalarda faoliyat samaradorligini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalarining rivoji jarayonida axborot xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq qonun hujjatlarini xalqaro standartlar, xorij tajribasi va milliy manfaatlarini hisobga olgan holda takomillashtirib borish lozim bo`ladi. O’zbekiston Respublikasining
«Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida ko’rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: «Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta‘minlashi shart», deb alohida ko’rsatilgan.
Xalqaro miqyosda o`tayotgan xalqaro anjumanlarda ham axborot xavfsizligini ta`minlash masalasiga alohida e`tibor berilmoqda. Jahon xal¬qaro tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, davlat miqyosida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish sohasidagi muammolar axborot resurslarini boshqarish, bu sohadagi aniq va ravshan strategiyani ishlab chiqish kabi vazifalardan tashqari, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini yaratish, zamon talablaridan kelib chiqib, ularni takomillashtirish kabi masalalar bugungi kunda dolzarb bo`lib turibdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisob￾lanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta‘minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo’llash keng ko’lamda amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat jadal suratlar bilan shakllanib, axborotlar dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib bormoqda. Global kompyuter tarmog’i jahon davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy va madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo’lib hisoblanadi.
O’zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o’z ifodasini topdi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining
«Davlat sirlarini saqlash to’g’risida»gi, «Axborotlashtirish to’g’risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda. Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan39 O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida axborot texnologiyalarining aha￾miyatiga to’xtalib, quyidagilarni ta‘kidlagan: «Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kom￾munikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir.




39 Ўзбекистон Республикасининг «Ахборотлаштириш тўғрисида»ги қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2004. – №1 – 10-м.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin