№1 2022
4
INNOVATSION FAOLIYAT TURLARI, YO’NALISHLARI VA
KLASSIFIKATSIYASI
Sh.R.Ro'ziyev
iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori, Qo'qon universiteti
M.D.To'ranazarova
Qo'qon DPI magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7216638
Annotatsiya: Maqolada innovatsiya tushunchasi, uning paydo bo’lishi,
innovatsiyaning turlari va tasniflanishi bo’yicha so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: innovatsiya, innovatsion faoliyat, yangilik, ixtiro, ilm-fan,
kombinatsiya, tasnif.
Аннотация: В статье рассматривается понятие инновации, ее возник-
новение, виды и классификация инноваций.
Ключевые слова: инновации, инновационная деятельность, новизна,
изобретение, наука, сочетание, классификация.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida
mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish
bosqichiga kirganligini eʼtirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk
kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion gʻoyalar asosida boshlashimiz kerak.
Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yoʻliga oʻtishimiz bejiz emas. Chunki
zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr,
yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”[1].
Yangilanayotgan Oʻzbekistonda barcha jabhalarda yangilik, izlanish va
yangicha fikrlar va zamon talablariga mos ravishda faoliyat olib borish eng muhim
masaladir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu
davrda yangi fikr, yangi g’oya va albatta innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyulda “Innovatsion faoliyat
toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish
borasidagi muhim qadam boʻldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni
yanada jadallashtiruvchi yangi gʻoya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish
hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab
benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.Qonunda ifodalangan taʼrifga, koʻra
innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun
foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni
taʼminlaydigan yangi ishlanma. Innovatsion faoliyat esa, yangi ishlanmalarni tashkil
Dostları ilə paylaş: |