№1 2022 6
nazardan - texnologiya, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy muammolar, pedagogik
jarayonning o'zgarishi va boshqalar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi.
Innovatsiya kontseptsiyasining o'zi birinchi marta XIX asr ilmiy tadqiqotlarida
paydo bo'lgan [4]. Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim
avstriyalik iqtisodchi Jozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi. Mutaxassislar
fikriga ko'ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab
bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra, joriy etilgan har qanday yangi
texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib
topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi. Y.A.Shumpeter o'zining
«Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911) nomli kitobida birinchi bo’lib "yangi
kombinatsiyalar" (ya'ni innovatsion muammolar) masalalarini ko'rib chiqdi va
yangilikning to'liq tavsifini berdi. Keyinchalik "yangi kombinatsiya" atamasi
o'zgartirilib “innovatsiya” holatiga keltirildi.[5]
J.A.Shumpater kombinatsiyalarning quyidagi turlarini aniqlagan edi:
1) yangi texnologiya, texnologik jarayonlardan foydalanish
yoki ishlab chiqarishni yangi bozorda qo'llab -quvvatlanishi;
2) yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni joriy etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarishni tahkil etish va xom-ashyodagi o’zgarishlarni texnik
qo’llab-quvvatlash;
5) yangi savdo bozorlarini paydo bo’lishi.
Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy sohaga, xususan
tadqiqot va innovatsiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda. Masalan,
Germaniya tadqiqot va ishlanmalar uchun taxminan YAIMning 2,7%, AQSh - 2,8%,
Yaponiya - taxminan 3,5% yo’naltiradi. Iqtisodiyoti o'tish davri mamlakatlari ancha
kam: Belarusiya - YaIMning 0,74%, Rossiya - 1,04% sarflaydi [6]. Zamonaviy
tadqiqotlarda innovatsiyalarni tasniflashning turlicha yondashuvlari mavjud.
Innovatsiyalarni tasniflash innovatsiyalar guruhining o’ziga xos xususiyati, uning
o’ziga xoslik tomonlarini ochib beradi. Tasniflashni amalga oshirish turli tasniflash
belgilaridan foydalangan holda sxemalar bo’yicha bo’lishi mumkin. Rus
adabiyotlarida innovatsiyaning turli tasniflari berilgan. Masalan, A.N.Tsvetkov
innovatsiyalar va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalarni turlicha asoslashni taklif qiladi. U
innovatsiya va ilmiy- texnikaviy innovatsiyalar bir-birida farq qiladi deb hisoblaydi.
Uning takidlashicha innovatsiya- bu jarayon, ba’zi bir yangiliklarni amalda
qo’llashga asoslangan jarayon. [7]
I.Stepanovaning fikriga koʻra, “innovatsiya” tushunchasi ilmiy-texnika
salohiyatini real, yangi mahsulot va texnologiyalarni yuzaga chiqaradigan jarayon
sifatida talqin etiladi.