“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№12
32
TARBIYALANUVCHI
PORTFOLIOSI
VA
MTTDA BOLALARNI MAKTAB
TA’LIMIGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR
Umirova Rano Nematovna
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahar 15 – MTT
https://doi.org/10.5281/zenodo.7311585
Annotatsiya:
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning
sifat va samaradorligiga
erishishga
kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos
adabiyotlar
bilan boyitib borish,
bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va
qiziqarli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini
aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish
maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Аннотация:
Сегодня грамотный подход к
качеству и эффективности
дошкольного образования, обогащение групп литературой,
подходящей для
каждой возрастной группы, содержательная и интересная организация
повседневной
деятельности детей, эффективное использование их свободного
времени, выявление способностей и творческий подход к процессу,
обеспечивает рациональный и систематический анализ
сессий и ресурсов для
удовлетворения потребностей детей и общества.
Tayanch so‘zlar:
bola, kompetensiya, tarbiyachi, pedagog,
keys stadi,
texnologiya, metod, ota-onalar, hamkorlik, maktab, mtt, ta'lim sifati, mashg‘ulot,
markazlar.
Ключевые
слова:
ребенок,
компетентность,
педагог,
педагог,
тематическое
исследование, технология, метод, родители, сотрудничество,
школа, качество образования, обучение, центры.
Siz odatda tarbiyachilarning portfolio yig‘ishlariga guvoh bo‘lgansiz.
Tarbiyalanuvchi portfoliosi ortiqcha ish degan fikrga borishingiz ham mumkin.
Ammo aynan tarbiyalanuvchi portfoliosi tarbiyachi mehnatining yuzaga chiqaradigan
ko‘zgu desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu portfolioni yig‘ish
jarayonida tayyorlov
guruhining bolasi o‘zi mehnat qiladi, shuningdek bu jild unga bog‘chasini eslatib
turadigan bir umrlik esdalik bo‘ladi deyishimiz mumkin. Tarbiyachidan bu o‘rinda
talab qilinadigani yo‘nalish ko‘rsatish xolos.
Tarbiyalanuvchi portfoliosi – unda asosan bolaning ijodiy ishlari yig‘indisi
jamlanadi va u faqat tayyorlov guruhi bolalari o‘rtasida qilinadi. Portfolio yig‘ishdan
ko‘zlangan maqsad – bolaning o‘zi yasagan, chizgan ijodiy ishlarini yig‘ish va shu
asnosida unda MTT xotiralarini o‘zi bilan olib
ketishiga imkoniyat yaratish,