№12 33
tarbiyalanuvchining o‘ziga bo‘lgan bahosini oshirish. Portfolio yig‘ish jarayonida
bola faollik ko‘rsatadi, maqsad qo‘yish va uni bajarishni o‘rganadi, ma’lum
qiyinchiliklarga dosh beradi va bu uning fe’lida qat’iyatlilik va sabr qilish tuyg‘usini
rivojlantiradi. Portfolio yig‘ish jarayonida ma’lum shartlarga rioya qilish majburiy
hisoblanadi.
Birinchisi, bu rostgo‘ylik bo‘lib, bunda faqat bolaning o‘z qo‘li bilan yasalgan
ijod namunalaridan jamlanishi shart. Chunki bola bu jamlanmani maktabga
chiqqanida o‘qituvchisiga ko‘rsatishi va lozim bo‘lsa o‘sha o‘yinchoqni yana yasay
olishi kerak. Har bir portfolio albatta bir yo‘nalishda bo‘lishi shart emas. Chunki har
bir bolaning o‘ziga yarasha iqtidori bor va o‘sha yo‘nalishda qobiliyatini aks
ettiradigan narsalar yig‘gani ma’qul.
Quyidagi bo‘limlar har bir portfolio asosini tashkil qiladi:
“Men bilan tanishing ”.
Bu bo‘limda har bir bolaning ismi, bolaligida tushgan suratlari, qaerda yashashi
haqidagi ma’lumot yoziladi. Tarbiyalanuvchining ismi nima va bu ismni unga kim
nima maqsadda qo‘ygan, ushbu ism qanday ma’noni bildirisha haqida ham
ma’lumotlar yozish mumkin.
“
Men o‘sayapman ”.
Bu bo‘limda bolaning o‘sishi bilan bog‘liq ma’lumotlar hamshiradan olib
yoziladi. Unda bolaning qanday kasalliklar bilan kasallangani, surunkali kasalligi bor
yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni ham ilova qilish mumkin.
“Mening oilam ”.
Bu bo‘limda oila a’zolari haqida qisqacha ma’lumot beriladi, ular qaysi sohada
ishlaydi, sevimli mashg‘uloti nima, ularning qanday yaxshi fazilatlari bor kabi
savollarga javob berish ham mumkin.