№1 2022 5
etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning oʻtkazilishi va amalga
oshirilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatdir.
“Innovastiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va
ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”,
“innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan. Turli olimlar, ayniqsa
xorijliklar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R.Foster, B.Tviss,
Y.Shumpeter,E.Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti
va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil
ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning
o’ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o’zgarishlar vazifasi esa innovatsion
faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.[2]
Innovatsiya- yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan mahsulot, xizmat
yoki jarayon."Innovatsiya" atamasi lotincha "novatio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib,
"yangilanish" (yoki "o'zgarish") degan ma'noni anglatadi. Bunda "in" prefiksi,
lotincha "yo'nalishda" deb tarjima qilinadi, agar tom ma'noda tarjima qilinadigan
bo'lsa "Innovatsiya" - "o'zgarish tomon” deya tushunish mumkin."Innovatsiya"
tushunchasi "yangilik", "kashfiyot", "ixtiro" so'zlari bilan sinonimlik hosil qiladi va
ular ma'no jihatidan farq qilsa-da, har holda, bu tushunchalarning barchasi natija -
ijodiy faoliyat, ijodkorlik bilan bog'liqdir. Shu bilan birga, mutaxasislarning fikricha,
agar ijodkorlik yangi g'oyalarni ilgari surishni nazarda tutsa, u holda innovatsiyaning
o'ziga xos belgisi uni amalda amalga oshirishdir.[3]
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning
samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng
tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq
qilad. Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi:
Ilm-fan – bu maʼlum mablagʻlarni bilimlar va gʻoyalarga aylantirish.
Innovatsiyalar – bu bilimlar va gʻoyalarni– bu yangi konsepsiyani yaratish
demak. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib koʻrsatish va uni
muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Yangilik - bu intellektual faoliyat natijasidir; bu yangi strategiya, biznesning
yangi modeli, yangi tashkiliy tuzilma, yangi marketing usuli, yangi jarayon, yangi
texnologiya, yangi mahsulot yoki ularning maʼlum birikmasi.
"Innovatsiya" so'zi va yuqorida sanab o'tilgan tushunchalardan asosiy farqi
shundaki, u amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha qiymat yaratadi. Bunday
yondashuvda innovatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgunga qadar va natija
bergunga qadar yangilik emas. Innovatsiya- amalga oshirilayotgan jarayonlar, mehnat
"mahsuloti", faoliyatni tashkil etish strategiyasining ham tubdan, ham bosqichma-
bosqich o’zgarishini anglatishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiya har xil nuqtai