Frontal mashgʻulot



Yüklə 3,59 Mb.
tarix25.07.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#137427
Frontal mashgʻulot


Frontal mashgʻulot
Raqamlar”
Asosiy tushunchalaridan biri. Narsalarni sanashga boʻlgan ehtiyoj tufayli eng sodda koʻrinishda ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan, insoniyat faoliyati doirasining kengayishi bilan takomillashgan. Dastlab, butun musbat (natural) sonlar, keyinchalik cheksiz natural sonlar qatori (1, 2, 3, 4, 5...) tushunchasi kelib chiqdi. Natural va tub sonlar qatorlarining cheksizligi hamda yetarlicha katta sonlarni nomlash, belgilash masalalari miloddan avvalgi 3-asrdayoq yunon matematiklari Yevklid va Arximedning asarlarida taxlil qilingan. Sonlar ustidagi toʻrt amal qoidalarini oʻrganish bilan arifmetika shugʻullanadi. Son tushunchasining takomillashishi kasr son tushunchasini kiritish bilan boshlandi. Kasr son biror miqdorni oʻlchash, yaʼni bu miqdorni boshqa bir miqdor — oʻlchov bilan taqqoslash natijasida kelib chiqqan. Son tushunchasining keyingi takomillashishi fan rivojining natijasidir. Masalan, algebraning taraqqiyoti manfiy sonlar tushunchasiga olib keldi. 6—12 asrlarda hindlar masalalar yechishda manfiy sonlarni qoʻllagan edilar. Son tushunchasining rivojlanishiga oʻrta asr Sharq, matematiklari ham katta hissa qoʻshdilar. Yevropada manfiy sonlarni birinchi marta R. Dekart (17-asr) kiritdi. Hamma butun, kasr (musbat ham manfiy) sonlar va nol — ratsional sonlar deyiladi. Uzluksiz ravishda oʻzgaradigan miqdorlarni oʻrganish uchun irratsional son tushunchasi kiritiladi. 18—19-asrlarda algebrada tenglamalar nazariyasining rivojlanishi kompleks sonlar tushunchasiga olib keldi. Son tushunchasini va uning xossalarini 19-asrda nemis matematiklari G. Kantor, R. Dedekind, K. Veyershtrass va italiyalik matematik J. Peano oʻz ishlarida toʻla asoslab berdilar (yana q. Pi soni, Algebraik sonlar, Ratsional sonlar, Kompleks sonlar).


Frontal mashgʻulot
“Harflar”
Harf — alifbo sirasida boʻlgan, yozuvda nutq tovushlarini (fonemalarni), ularning variantlari va baʼzi bir qoʻshilmalarini ifodalash uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi. Odatda har bir H. bir tovush (fonema)ni bildiradi, lekin yozilgan soʻzning H.larga ajralishi va tegishlicha talaffuz etiluvchi soʻzning fonemalarga ajralishi ideal holatdagina oʻzaro mos keladi. Amalda bunday moslik deyarli uchramaydi: baʼzi H.lar (grafemalar) 2 tovushni ifo-dalashi mumkin: yo (y+o), yu (y+u), ya (y+a), s (t+s) kabi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq H. bilan ham ifodalanadi. Mas, oʻzbek lotin alifbosidagi [p§] H.lari qoʻshilmasi 1 ta burun tovushini, nemis alifbosidagi [ksN 1 H.lari qoʻshilmasi shovqinli sirgʻaluvchi (sh) tovushini bildiradi. Baʼzan nemischa matnda bir H. (5) ning oʻzi, qayerda kelishiga qarab, 3 xil tovushni (z, s, sh undoshlarini) ifodalaydi. Oʻzbek alifbosidagi [o| harfi esa yozuvda 4 ta har xil tovushni: sof oʻzbekcha soʻzlarda bir xil, rus va yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda urgʻuli holatda yana bir xil, urgu-siz holatda esa a, i unlilarini bildiradi.



Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin