Generator diodlaridan biri bo‗lib ko‘chkili–uchma diodlar (KUD) hisoblanadi. Uning VAXsida r-n o‗tishdagi ko‗chkisimon teshilishda yuqori
chastotalarda manfiy qarshilikka ega bo‗lgan soha yuzaga keladi. Agar KUD
rezonatorga joylashtirilsa, unda chastotasi 100 GGsgacha bo‗lgan so‗nmaydigan
tebranishlar yuzaga keladi. Tebranishlarning chiqish quvvati (f=1 GGs bo‗lganda)
10 Vtgacha yetishi mumkin. KUDning FIK 30-50 %ga yetadi.
Generator diodining yana bir turi bo‗lib Gann diodi hisoblanadi, u uzunligi
10
-2
-10
-3
smdan iborat (r-n o‗tishsiz) bo‗lgan bir jinsli yarim o‗tkazgich plastinka
ko‗rinishida bo‗ladi. Plastinkaning yon qismlariga katod va anod deb ataluvchi
metall
kontaktlar
surtiladi.
Gann
diodlarini
yasash
uchun
n-turdagi
o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan intermetall birlashmalar - GaAs, InSb, InAs va
InPlar qo‗llaniladi. Diod tebranma konturga joylashtiriladi. Kontaktlarga
o‗zgarmas kuchlanish berilganda Gann diodida kuchlanganligi 3∙10
3
V/sm bo‗lgan
elektr maydon hosil qiladigan chastotasi 60 GGs bo‗lgan elektr tebranishlar yuzaga
keladi. Tebranishlar quvvati 10 – 15 Vtgacha yetishi mumkin, FIK esa 10-12 % ga
yetadi.