Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari O’zbekiston respublikasi



Yüklə 42,88 Kb.
səhifə10/11
tarix07.01.2024
ölçüsü42,88 Kb.
#208612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari-fayllar.org

Galvanik element.Elektron soat , televizor va avtoulov pulti kabi asboblarda elaktr manbai sifatidagalvanik elementlardan foydalaniladi.Ularning barchasida kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.Galvanik elementda kimyoviy energiyaga aylanadi.Eng sodda galvanik element bu sulfat kislotaning suvdagi eritmasiga botirilgan rux (Zn) va mis (Cu) olastinkalaridan iborat bo’lgan qurilmadir.Hozirgi paytda turli tuman galvanik elementlar ishlab chiqariladi.Galvanik elemntlardan oladigan quvvatini oshirish uchun ular bir-biri bilan ketma-ket ulangan elementlar tizimi galvanik elementlar batareyasi deyiladi.Ko’chma radio, televizor va sovutgich pulti kabi asboblarga galvanik elementlar batareyasi qo’yiladi. (20-rasm)

(22-rasm)
Akkumulatorlar. “Akkumulator” so’zi lotincha so’z bo’lib, “to’plovchi “ degan ma’noni anglatadi.Barcha turdagi galvanik elementlarning ishlashi davomida ulardagi elektrodlar yemiriladi, eritma esa kuchsizlanib qoladi.Akkumulatorlarda ham galvanik elementlar singari kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.Boshqa manba yordamida akkumulatordan tok o’tkazish orqali uning ishlash faoliyati tiklab turiladi.
Xulosa
O’z zamonasida yunon to’quvchi qizlari mokining uchiga o’rnatikgan qahrabo to’qish jarayonida ip tolalariga tegib ishqalanishi natijasida, o’ziga yengil narsalarni tortish xususiyatiga ega bo’lib qolganini sezishgan.To’quvchi qizlar sezgan bu hodisa “qahrabo hodisasi ” deb nomlangan bo’lsada, keyinchalik “elektr hodisasi” deb atala boshlandi.Ishqalanish natijasida yengiljismlarni o’ziga tortish xususiyatiga ega bo’lish hodisasi,”elektrlanish” deb, bunday xususiyatga ega bo’lgan jismlar esa “elektrlangan” jismlar deb yurtila boshlandi.Taajriba asosida elektrlangan jismlarning o’zaro ta’siri bir-birlarini tortishish yoki itarish ko’rinishida nmoyon bo’lishi aniqlangan.O’sha davrda ikki tur zaryadlar borligi qayd qilinib, teriga shisha ishqalanganda, shisha hosil bo’lgan zaryad shartli ravishda “musbat”, terida hosil bo’lgan zaryad esa “manfiy” deb olingan. Shuningdek, ebonit junli matoga ishqalanganda ebonit-manfiy , mato- musbat zaryadga ega bo’ladi.Bir xil ishorali zaryadlar o’zaro itarishishi, har xil ishoralilari esa tortishishi tajribalarda aniqlangan.Ko’p asrlar o’tib, nihoyat XVI asrda ingliz olimi V.Gilbert qahrabodan boshqa 20 dan ortiq modda o’zaro ishqalanganda ham tortishish xossasiga erishlarini aniqlagan.
Oradan qariyb 200 yil o’tgach, V.Franklin, M.V.Lomonosov va G.V.Rixman (XVIII asr) o’z tajribalari bilan atmosferada ro’y beradigan “yashin” elekt hodisasi ekanligini isbot qilganlar.Nihoyat, XVIII asrning oxirlarida (1784-1785yillar) Sh.Kulon o’zi yasagan buralma tarozi yordamida o’tkazdan tajribasi asosida elektr zaryadlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchini ifadalovchi qonunni topgan.Shundan so’ng keyingi ikki asr ichida ko’p mamlakatlarda tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar o’zlarining kuzatish va tajribalari asosida duch kelgan yangi gipoteza yoki nazariya bilan tushuntirishga uringanlar.Olimlar, nuqtaviy elektr zaryadlar, elementar magnit qutblari yoki ikkita parallel elektr tok elementlari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi mavjudligini kuzatgach, XIX asrning ikkinchi yarmigacha Nyutonning butun Olam tortishish qonuniga qonuniga taqlid qilib, uzoq masofadan ta’sir bor deb qaraganlar.Amper, Puassson, Gauss, Ostrogradskiy, Veber, Kirxgof kabi olimlar rasmiy shaklda matematik apparatdan foydalanib, nazariy hisoblagan bo’lishlariga qaramay, uzoqdan ta’sir bo’lishining fizik ma’nosi ochilmay qolgan.
Elektr va magnit maydon nazariyaning asoschisi Faradey jismlarning elektrlanishi yoki magnitlanishida ularni o’rab olgan efirda elastik deormatsiya va bunga bog’liq taranglik va bosim kabi qandaydir o’zgarish ro’y berishi asosida jismlarning elektromagnit o’zaro ta’sirini tushuntirgan. O’zaro ta’sir kuchlari mavjud bo’lgan bu fazoni elektromagnit deb ataganlar.
Faradey aytgan elektromagit maydonning mavjudligi haqidagi fikrni oradan 20-25 yil o’tgach, Maksvell rivojlantirdi.Maksvell tajribadan topilgan qonunlarni umumlashtirib , o’z nazariyasining asosiy tenglamalarini oldi.Bu tenglamalar asosida elektromagnit to’lqinlarning mavjudligini, yorug’likning elektromagnit tabiatini nazariy kashf qiladi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib Lorens Maksvell nazariyasini rivojlantirib, klassik elektron nazariyaga asos soldi.Shunday qilib ko’p asrlar davomida, elektr va magnetizm haqida tajriba va nazariy ma’lumot rivojlanib, elektr va magnit maydon tushunchalari, ularning tabiati haqidagi fikrlar shakllana bordi.
Kurs ishimiz ham yuqorida aytilgan elektrmagnitizm haqida bo’lib, ushbu kurs ishi mavzusini yoritishda biz ko`plab qiziqarli ma’lumotlar,tajribalar, ko’plab fizik kattaliklar bilan tanishdik. O`z navbatida, mavzuga oid bilimlarimizni takrorlab oldik va yanada mustahkamladik. Elektrostatika va elektrostatik maydon xarakteristikalari elektrmagnetizm sohasining muhim qismi desak ham bo’ladi. Kulon qonuni elektrostatikaning asosidir.Chunki zaryadlar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni birinchi bo’lib tajriba orqali isbotlagan. Elektrostatikaning asosi Kulonning ishi bilan qo'yilgan (garchi undan o'n yil oldin xuddi shunday natijalar, hatto undan ham katta aniqlik bilan, Kavendish tomonidan olingan. Kavendish ishining natijalari oilaviy arxivda saqlangan va faqat yuz yil davomida nashr etilgan. keyinroq).ikkinchisi tomonidan topilgan elektr o'zaro ta'sirlar qonuni Grin, Gauss va Puassonga matematik jihatdan oqlangan nazariyani yaratishga imkon berdi.Elektrostatikaning eng muhim qismi Green va Gauss tomonidan yaratilgan
potentsial nazariyadir. Elektrostatika bo'yicha ko'plab eksperimental tadqiqotlar Rhys tomonidan amalga oshirildi, uning kitoblari o'tmishda ushbu hodisalarni o'rganishda asosiy qo'llanma bo'lgan.Rejalar davomida yoritilgan fizik kattaliklar amaliyotda ko’p qo’llaniladigan kattaliklar.
Ushbu kurs ishidan umumiy o`rta ta’lim maktablari, o`rta maxsus kasb –hunar ta’limi muassasalari o`quvchilari va o`qituvchilari hamda bakalavriatda ta’lim olayotgan talabalar metodik ko`rsatma sifatida foydalanishlari mumkin.


Yüklə 42,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin