Elektr zaryadining saqlanish qonuni (1) yopiq sistema uchun, ya`ni tashqaridan zarralar kirmaydigan va tashqariga bunday zarrachalar chiqarmaydigan sistema uchun o`rinli.
1. ELEKTROSTATIKA. KULON QONUNI
Elektrostatikaning asosiy qonuni zaryadlangan ikkita qo`zg`almas nuqtaviy jism yoki zarra orasidagi ta`sir qonunidir. Uni 1785 yilda Kulon tajriba orqali aniqlagan:
Ikkita nuqtaviy zaryadning o`zaro ta`sir kuchi har bir zaryad kattaligiga to`g`ri va zaryadlar o`rtasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir. Kuchning yo`nalishi zaryadlar orqali o`tgan to`g`ri chiziq bilan ustma -ust tushadi. Vektor ko`rinishda Kulon qonuni shunday yoziladi:
. (1.1)
Bu yerda k —proporsionnallik koeffitsienti bo`lib, uning qiymati
XBS da k 9*109 *N*m2/Kl2, bu yerda — elektr doimiysi deb ataladi:
8.85*10-12 Kl2 /N*m2. (1.2)
2. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI
Elektrlangan jism atrofida fazoda elektr maydon mavjud bo`ladi. Elektr maydon materiyaning moddadan farqli bo`lgan bir turidir. Elektr maydonga kiritilgan zaryadga shu elektr maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch elektr kuchi deb ataladi, Elektr maydonning asosiy xossalari —elektr zaryadiga bu maydonning biror kuch bilan ta`sir qilishidir. Zaryadga ko`rsatilgan ta`sirga qarab maydonning borligini, uning fazodagi taqsimoti aniqlanadi. Qo`zg`almas zaryadning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi. Elektrostatik maydonni faqat elektr zaryadlari hosil qiladi.
Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo`yilgan zaryadga ta`sir etuvchi kuchning bu zaryadga nisbati maydonning har bir nuqtasida zaryadga bog`liq emas va maydon xarakteristikasi deb hisoblanishi mumkin. Bu xarakteristika maydon kuchlanganligi deyiladi:
. (2.1)
Maydon kuchlanganligi nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta`sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbatiga tengdir. vektorning yo`nalishi musbat zaryadga ta`sir etadigan kuch yo`nalishi bilan bir xil bo`lib, manfiy zaryadga ta`sir etadigan kuchga qarama- qarshidir.
Elektrostatik maydonni hosil qiluvchi q nuqtaviy zaryad bilan q0 sinov zaryadi orasidagi Kulon ta`sir kuchini hisobga olsak, (2.1) quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
. (2.2)
Dostları ilə paylaş: |