239
V bob. 17-mavzu.
ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR.
Reja:
17.1. Kuchaytirigich va uning ta’rifi.
17.2. Umumiy emitterli (UE) kuchaytirish kaskadining sxemasi.
17.3. Differentsial kuchaytirgichlar.
17.4. Chastota ajratuvchi kuchaytirgichlar.
17.5. Kuchlanish kuchaytirgich sxemasi.
17.1. Kuchaytirigich va uning ta’rifi.
Avtomatik
boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa
tizimlarda kichik quvvatli
signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kichik quvvatli o‘zgaruvchan
signalning parametrlarini buzmasdan doimiy kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib
beruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi.
Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element,
rezistor, kondensator,
chiqish zanjiridagi doimiy
kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat. Bitta kuchaytiruvchi elementi bo‘lgan zanjir
kaskad
deb
ataladi.
Kuchaytiruvchi element sifatida qanday element ishlatishiga qarab kuchaytirgichlar elektron,
magnitli va boshqa xillarga bo‘linadi. Ish rejimiga ko‘ra ular
chiziqli
va
nochiziqli
kuchaytirgichlarga
bo‘linadi.
Chiziqli ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlar kirish signalining uning shaklini o‘zgartirmasdan
kuchaytirib beradi. Chiziqli bo‘lmagan ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlarda esa kirish signali ma’lum
qiymatga erishganidan so‘ng chiqishdagi signal o‘zgarmaydi.
Chiziqli rejimda ishlaydigan kuchaytirgichlarning asosiy tavsifnomasi
amplituda chastota
tavsifnomasi (AChT) dir. Ushbu tavsifnoma kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientining moduli
chastotaga qanday bog‘liqligini ko‘rsatadi.
AChT siga ko‘ra chiziqli kuchaytirgichlar quyidagilarga bo‘linadi:
tovush chastota kuchaytirgichi (TChK),
quyi chastota kuchaytirgichi (QCHK),
yuqori chastotalar kuchaytirgichi (YuChK),
sekin o‘zgaruvchan signal kuchaytirgichi yoki o‘zgarmas tok kuchaytirgichi (O‘TK).
240
Hozirda ko’plab texnologiyalar zamonaviy elektron kuchaytirgichlarni qo’llab
ishlab
chiqarilmoqda(17.1-rasm.).
17.1 – rasm. Zamonaviy elektron kuchaytirgichlar.
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlar kuchaytiruvchi element sifatida
Dostları ilə paylaş: