134
xodimlar uchun juda xavflidir. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va transformatorning
magnit o‘tkazgichi yerga ulab qo‘yilishi kerak. Odatda, 6 kV gacha kuchlanishli transformatorlar quruq
transformatorlar hisoblanadi, ya’ni ular havo bilan sovitiladi. Undan ortiq kuchlanishda moy bilan
sovitiladigan kuchlanish transformatorlari qo‘llaniladi. Kuchlanish transformatorlari ham bir va uch fazali
bo‘ladi. Uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz usulida ulanadi. NOM–b, NOM–10, NTM–10 va
hokazo rusumli kuchlanish transformatorlari ko‘p ishlatiladi. Kuchlanish transformatorlari birlamchi
chulg‘amining kuchlanishi 380 V dan 400 kV gacha bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: