yil 24 may kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni bir qadar to‘mtoq bo‘lsa-d
2021 yil 24 may kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni bir qadar to‘mtoq bo‘lsa-da, nihoyat qabul qildi.

Qonun bir oy o‘tib, 26 iyun kuni endi Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida muhokama qilindi va ma’qullandi.
Shu bilan jarayonda hammasi bir tekis ketayotgan va qonun tezda kuchga kirishi kerakdek edi. Ammo shundan keyin deyarli bir yil vaqt o‘tsa-da, qonunning keyingi taqdiri va uning qayerda ekani noaniqligicha qolaverdi.
2021 yil 19 noyabrda AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida esa bu qonunning keyingi taqdiri nima bo‘lgani haqida Kun.uz muxbiri bergan savolga javoban, senatorlar qonun hali Senatga kelib tushmaganini aytib, «qovun tushirishdi». Holbuki qonun allaqachon Senatda ma’qullanib bo‘lgandi.
Qonunchilik palatasi yig‘ilishi qaroridan ko‘rinib turibdiki, Senat tomonidan ma’qullangan va prezidentga imzolash uchun yuborilgan qonun prezident tomonidan 2022 yil 25 martda yana Qonunchilik palatasiga qaytarilgan bo‘lgan.

«Ko‘rib chiqishdan olib tashlash» nimani bildiradi?
Qonunchilik palatasining 12 apreldagi qarorida «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bundan buyongi ko‘rib chiqishidan olib tashlanishi aytilgan.
Deylik, prezident qonunni kamchiliklari uchun qaytarib yuborgan bo‘lsa, deputatlar nega o‘sha kamchiliklarni to‘g‘rilab qayta muhokama qilishmadi? Qonunning keyingi taqdiri-chi, nima bo‘ladi?
Kun.uz muxbiri shu kabi savollarga javob olish uchun Qonunchilik palatasi spikerining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Odil Tojiyev bilan bog‘landi.