Yakor cho’g’ami bilan uyg’otish cho’lg’amini ulanish usullari. Uyg‘otish cho‘lgamining zanjiri toeti maxsus tok manbaidan olishi va yakor cho‘lg‘amiga elektrik bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday mashinalar mustaqil uyg‘otishli mashinalar deb ataladi (2.2.3-rasm). Ammo, odatda uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga elektrik bog‘langan bo‘ladi.
Yakor cho‘lg‘ami bilan uyg‘otish cho‘lg‘amining ulanish usuliga qarab, o‘zgarmas tok mashinalari uch turga bo‘linadi.
Parallel uyg’otishli o’zgarmas tok mashinalari. Uyg‘otish cho‘lg‘amining ikkala klemmasi kollektor ustiga qo‘yilgan cho‘tkalarga bevosita ulangan bo‘ladi (2.2.3b-rasm). Bu mashinalar qutb g‘altaklarining o‘ramlari ko‘p bo‘lib, ingichka simdan yasaladi. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari shuntli mashinalar deb ham ataladi, chunki uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor qutblariga shunt shaklida ulangan.
6.5 -rasm. O’zgarmas tok mashinalarida uyg‘otish cho‘lg‘amini
yakor cho‘lg‘amiga ulanish usullari:
a) mustaqil uyg‘otishli
b) parallel uyg‘otishli
v) ketma - ket uyg‘otishli
g) aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarining sxematik ko‘rinishi.
Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari. Uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga ketma-ket ulanadi ( 6.5v- rasm). Bu mashinalarning qutb g‘altaklari yo‘g‘on simdan yasalib, o‘ramlari soni kam bo‘ladi. Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari series mashinalar deb ham yuritiladi.
Bu mashinalarning tubidagi har bir o‘zakda ikkitadan g‘altak bo‘lib, bulardan biri shunt tipidagi, ikkinchisi esa series tipidagi g‘altaklardir. Aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida shunt uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga parallel ulanadi, series cho‘lg‘ami esa yakor cho‘lg‘amiga ketma -ket ulanadi (2.2.3g-rasm ). Aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida asosiy magnit maydonni shu cho‘lg‘amlardan biri hosil qiladi, ikkinchisining ta’siri esa qo‘shimcha bo‘ladi.
O’zgarmas tok generatorining ishini xarakterlovchi eng muxim kattaliklardan biri uning cho‘tkalaridagi kuchlanishdir. Bu kuchlanishning kattaligi tashqi zanjirdagi tokka bog‘liq. Generator kuchlanishning nagruzka zanjiridagi tokka bog‘lanish grafigi generatorning tashki xarakteristikasi deb ataladi. Tashki xarakteristikada yakorning aylanish tezligi o‘zgarmas va mashinaning pasportida ko‘rsatilgan nominal tezligiga teng bo‘lgan hol uchun yasaladi. O’zgarmas tok mashinalarining pasportida ko‘rsatilgan miqdorlar nominal miqdorlar deb ham ataladi. Quyida biz parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining ishlash printsipini va xarakteristikasi bilan tanishamiz.